[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Vologda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vologda — Rossiyadagi shahar, Vologda viloyatining markazi. Temir yoʻl tuguni. Vologda daryosi boʻiidagi pristan. Aholisi 311,8 ming kishi (2024). Shahar haqidagi dastlabki maʼlumotlar 1147 yildan boshlab uchraydi. 16—17-asrlarda yirik savdo-sotiq markazi boʻlgan. Sanoatining asosiy tarmogʻi mashinasozlik va metallsozlik. Oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Yengil sanoat ham katgagina oʻrin tutadi: zigʻir tola kombinati, tikuvchilik, poʻstin fabrikalari, mebel kombinati, qurilish materiallari korxonalari bor. Toʻr (krujevo) toʻqishning muhim markazi. 3 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, 3 muzey, jumladan suratlar galereyasi bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil