[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Upsala

Koordinatalari: 59°50′59.140″N 17°38′20.209″E / 59.84976111°N 17.63894694°E / 59.84976111; 17.63894694
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Upsala
Shahar
Skyline of Upsala
59°50′59.140″N 17°38′20.209″E / 59.84976111°N 17.63894694°E / 59.84976111; 17.63894694
Mamlakat Shvetsiya
Shahar Uppland
Maydon 48.77 km2 (18.83 kv mi)
Aholisi
 (2019-yil 31-dekabr[1])
177,074
Telefon kodi +46(0) 18
Pochta indeks(lar)i 75x xx
Upsala xaritada
Upsala
Upsala

Uppsala (shvedcha talaffuzi: [ˈɵ̂pːˌsɑːla]) arxaik tarzda Upsala)— Uppsala okrugining markazi va Shvetsiyadagi Stokgolm, Gyoteborg va Malmödan keyin toʻrtinchi yirik shahri. 2019-yilda uning aholisi 177 074 kishidan iborat edi[1]. Poytaxt Stokgolmdan 71 km shimolda joylashgan boʻlib, shuningdek, Upsala munitsipalitetining ham markazidir. 1164-yildan beri Upsala Shvetsiyaning cherkov markazi boʻlib, Shvetsiya cherkovi arxiyepiskopi ham shuyerda joylashgan. Uppsalada Skandinaviyadagi eng katta cherkov – Uppsala cherkovi joylashgan boʻlib, u XIX asr oxirigacha Shvetsiya monarxining toj kiyish marosimi oʻtkaziladigan joy boʻlgan[2]. Qirol Gustav Vasa tomonidan qurilgan Upsala qal’asi Shvetsiya monarxlarining qirollik qarorgohlaridan biri boʻlib xizmat qilgan va oʻz tarixi davomida bir necha bor kengaytirilgan shu bilan birga Upsalani Shvetsiyaning ikkinchi darajali poytaxtiga aylantirgan. Bugungi kunda u Upsala okrugi gubernatorining qarorgohi boʻlib xizmat qiladi.

1770-yildagi Upsala xaritasi

Upsala dastlab hozirgi shahardan bir necha kilometr shimolda joylashgan joyning nomi boʻlib, hozir Gamla Uppsala (Eski Uppsala) nomi bilan tanilgan. Bugungi Uppsala oʻsha paytda Östra Aros (Gʻarbiy Arosdan farqlash uchun Sharqiy Aros) deb nomlangan. (Eski) Uppsala, oʻrta asrlar yozuvchisi Bremenlik Adamning soʻzlariga koʻra, Shvetsiyaning asosiy butparast markazi boʻlgan va Upsaladagi maʼbadda Norvegiya xudolarining ajoyib butlari boʻlgan[3][4]. Upsala janubidagi daryo boʻyidagi Kungsängen tekisliklari 980-yillarda Fyrisvellir jangi joyi boʻlgan. Hozirgi Upsala oʻsha paytdagi Gamla Uppsalaning port shahri edi. 1160-yilda qirol Eric Jedvardsson hujumga uchragan va Östra Aros cherkovi tashqarisida oʻldirilgan va keyinchalik katolik cherkovida avliyo sifatida hurmatga sazovor boʻlgan. 1274-yilda Ostra Aros Gamla Upsalani asosiy mintaqaviy markaz sifatida bosib oldi va Gamla Upsala cherkovi yonib ketganda, arxiyepiskop va Avliyo Ericning qoldiqlari hozirgi Upsala cherkovi qurilgan Östra Arosga koʻchirildi; u 1435-yilda ochilgan. Cherkov gotika uslubida qurilgan va shimoliy Yevropadagi eng yiriklar cherkovlardan biri boʻlib, minoralari 118,70 metrga (389,4 fut) yetadi.

  1. 1,0 1,1 „Statistik om Uppsala kommun 2020“. Uppsala municipality. Qaraldi: 2020-yil 15-iyun.
  2. „Uppsala cathedral – DestinationUppsalaWeb“. DestinationUppsala.se. 2019-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-mart.
  3. Adam of Bremen. „Descriptio Insularum Aquilonis“ (la) (1075-yil 24-oktyabr). 2005-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-yanvar.
  4. P. W. Christensen. „Adam af Bremen om Menigheden i Norden under Erkesædet i Bremen og Hamborg (788–1072)“ (da). Karl Schønbergs Forlag (1862). Qaraldi: 2012-yil 15-yanvar.