Unayza
Qiyofa
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Unayza — Saudiya Arabistonidagi El-Qosim viloyatida joylashgan shahar
. Aholisi — 135 000 kishidan iborat.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar 7 — asrda paydo boʻlgan. 1817 — 1914 — yillarda Al — Sulaym sulolasining boshchiligidagi amirlikning markazi vazifasini bajargan.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar mamlakatning markazida, Nadj viloyatida joylashgan. Shaharning atrofini sahro oʻrab turadi. Unayza shimoldan Burayda, Janubdan esa, Ar-Riyod bilan qoʻshni hisoblanadi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharda piyoz, hurmo, limon, mandarin, uzum, anor kabi mevalar oʻstiriladi. 2004 — yildan buyon, shaharda anʼanaviy tarzda hurmolar festivali uyushtiriladi. Unayza sayyohlar uchun ayniqsa qiymatli shahar boʻlib, uni „Hurmolar qirolligi“ deb atashadi.
Sport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar aholisi uchun futbol eng qiziqarli sport turi sifatida qayd etilgan.