[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Tursuntay Salimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tursuntay Salimov
Салимов Турсунтай Аблизович
Faoliyat yillari:
Tavallud sanasi: 28-iyun 1956
Tavallud joyi: Chuy viloyati

Tursuntay Salimov – (Chuy viloyati 28-iyun 1956) Qirgʻiziston Respublikasi Jogorku Keneshining 5-chaqiriq sobiq deputati, „Madina“ MChJ bosh direktorining taʼsischisi, „Ittipak“ uygʻurlar jamoat birlashmasining raisi[1].

Tursuntay Salimov 1972 yil - Frunze shahridagi 53-sonli o'rta maktabni tamomladi.

1993-2010 yillarda “Madina” MChJ bosh direktori. 2010-yilda QSDP fraksiyasidan Jogorku Keneshning 5-chaqiriq deputati bo‘lgan. Jogorku Keneshning Byudjet va moliya qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan[2].

Yashirin fohishaxona mojarosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Qirgʻiziston militsiyasi Salimovga tegishli deyilgan ko‘ngilochar markazda yashirin fohishaxona faoliyat yuritayotganini aniqladi[3]. Biroq Salimov ushbu ma'lumotlarini rad etgan. 90-yillarda Prado ko'ngilochar markazi oddiy bolalar bog'chasi bo'lgan. Keyinchalik tadbirkor Tursuntay Salimov ushbu binoni sotib olib, ko‘ngilochar markaziga aylantirgan. Bog‘chani davlat hisobiga qaytarish bo‘yicha ilgari ko‘rilgan da’volar deputat foydasiga hal etilgan. Salimov “Prado” dam olish maskanida fohishaxona bo‘lmagani, internetda tarqalgan intim xizmatlar haqidagi video uning dushmanlari tomonidan uyushtirilgan siyosiy o‘yin ekanini aytgan.

Hibsga olinishi va unga qo'yilgan ayblov

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salimov Qamchi Ko‘lboyev o'limidan so'ng Qirgʻiziston MXDQsi tomonidan hibsga olindi[4]. Unga Qirg'ziston jinoyat kodeksining 261-moddasi 2-qismi, 267-moddasi 2-qismi va 37-moddasi – 122-moddasi 2-qismi 4 va 18-bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Salimov Qamchi Ko‘lboyevning jinoiy guruhi faoliyatiga muntazam homiylik qilgan, aniqrog‘i, u guruhni (obshchak) moliyalashtirib, huquqni muhofaza qilish, sud va boshqa idoralarning korruptsioner mansabdor shaxslariga pora berish yo‘li bilan tirikchilik qilib, jinoiy jazodan qutulishga uringan.

Shuningdek, Salimov tomonidan Jazoni ijro etish davlat xizmatiga qarashli axloq tuzatish muassasalaridagi uyushgan guruh aʼzolarining moddiy ahvolini mustahkamlash, ularni qamoqxona sharoitlarini yaxshilash maqsadida turli xil narsalarlar berib kelayotgani aniqlan[5].

Biroq Salimov bu ayblovlarni ra'd etgan.

  • Biz Qamchi Koʻlboyev bilan do‘st emas edik, men undan 18 yosh kattaman. Men Koʻlboyevning cho‘qintirgan otasi ham emasman. Nafaqadaman, Madina bozorini qurganman. Deputat bo‘lganimdan keyin bosh direktorlik lavozimidan voz kechganman. Lekin men bosh direktorning rasmiy maslahatchisi hisoblanaman.– degan u sudda[6].

Turmush qurgan besh farzandi:o'g'illari - Erken, Ilzat, Ilyas, Ilshat va qizi Madina bor[7].