[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Tun yabgʻu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tun YabgʻuGʻarbiy turk xoqonligining hukmdori (618—630).

Tun Yabg'u Sheguyxon vafotidan soʻng taxtga chiqqan. Tun Yabg'u qobiliyatli sarkarda va davlat boshligʻi boʻlib, faol harbiy harakatlar olib borgan. Janubiy Toxariston (hozirgi Afgʻoniston) va qisman Gibin (hozirgi Pokiston) yerlarini zabt etdi. Bu davrda Gʻarbiy Turk xoqonligi tarkibiga deyarli butun Oʻrta Osiyo, Qozogʻistonning katta qismi, quyi Volga boʻylari, Shimoliy Kavkaz yerlari kirgan. Davlat poytaxti Suyab shahri (hozirgi Toʻqmoq shahri yaqinida) bo'lgan.

Tun Yabg'u markaziy hokimiyatni kuchaytirish maqsadida davlatda maʼmuriy islohot oʻtkazgan. Viloyatlarda nazoratni kuchaytirish uchun oʻz vakillari — tudunlarni yuborgan. Maxalliy xukmdorlarga turkiy unvonlar inʼom etgan. Oʻgʻli Tardushodni Toxaristonga noib qilib tayinlagan. Tun Yabg'u xoqon Eronga qarshi Vizantiya bilan ittifoq tuzgan. 627-yil gʻarbiy turklar tuzilgan shartnomaga asosan, Eronga qaram boʻlgan Kavkazorti xududiga hujum qilgan. 627-yili Chor (Darband), 628-yil esa Tiflis (hozirgi Tbilisi) zabt etilgan.

630-yil Tun Yabg'u amakisi Kul Bahodur tomonidan oʻldirilgan.

  • Gumilyov L. N., Drevniye tyurki, M., 1967;
  • Istoriya Vostoka, t. 2, M., 1995.
  • Klyashtornyy S. G., Savinov D. G., Stepnyye imperii drevney Yevrazii. Sankt-Peterburg: Filologicheskiy fakul'tet SPbGU, 2005.