[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Tugʻma maymoqlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tug'ma maymoqlik

Go'dakdagi tug'ma maymoqlik
KXK-10 M21.5, Q66.8
KXK-9 736.71, 754.5-754.7
OMIM 119800
MedlinePlus 001228

Tugʻma maymoqlik – tayanch-harakat apparati tugʻma deformatsiyalari (nuqsonlari) ichida koʻp uchraydigani (xamma tugʻma deformatsiyalarning 35-38%) boʻlib, oʻgil bolalarda qizlarga nisbatan ikki barobar koʻp uchraydi. Ikki tomonlama maymoklik bir tomonlama maymoqlikka nisbatan koʻp uchraydi[1].

Tugʻma maymoqlik – kelib chiqish sabablariga koʻra koʻp omilli kasallik xisoblanadi. Bu omillar quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:

  • Mexanik omillar xisobiga pusht rivojlanishining buzilishi (panja amniotik tortmalariga bosim, kindik bachadon mushaklari, suv taqchilligida oʻsmalarga taʼsir);
  • Pushtning Dastlabki paydo boʻlishidagi nuqsonlar; maymoqlikning tugʻma nuqsonlari – barmoqlarning chandigʻi, „buri jagʻ“ va boshqalar bilan birgalikda uchrashi;
  • Maymoqlikning tugʻma nuqsonlar bilan bogʻliq boʻlgan irsiy turi;
  • Toksoplazmoz natijasidagi xomila patologiyasi;
  • Orqa miya markazlari tomonidan Innervatsiyaning buzilishi;

Tugʻma maymoqlikning 2 turi:

  • Tipik (80% atrofida)
  • Notipik (20% atrofida) farqlanadi. Tipik turi a)Kam uchraydigan va tez davolanadigan yengil turiga; b)Tez-tez kuzatiladigan, teri osti yogʻ qatlami va harakatchan teri koʻzga yaqqol koʻrinadigan yumshoq toʻqimali payli turiga; v)Kam harakatlanadigan terida oyoq panjasining tashqi tomonida suyak doʻmbogʻi kuzatiladigan (tovon suyagi kengaygan tashqi toʻpiq, beshinchi oyoq kaft suyagining egri-bugriligi) suyakli turiga boʻlinadi. Maymoqlikning notipik shakliga artrogripoz va amniotik qisib bogʻlash va boshqalar natijasida kelib chikdan maymokliqlar kiradi. Tovonning maymoqlikdagi xolati quyidagi klinik belgilar bilan tavsiflanadi: 1)Oyoq, panjasi oldingi qismining kaft tomonga egilishi (ekvinus)[2]; 2)Asosan kaft oldi va tovonning oyoq panjasi, kaft tomoni bilan ichkariga buralishi (supinatsiya)[3]; 3)Oyoq panjasi oldingi qismining ichkariga keltirilishi (adduksiya). Tug;ma maymoqlikdagi tovonning oʻziga xos xolatidan tashqari, boldirning ichkariga buralishi, boldir oyoq panjasi boʻgʻimida harakatning cheklanishi kuzatiladi. Bola yura boshlaganidan keyin maymoqlik belgilari kuchayib boradi va oyoq panjasining tashqi satxdaagi terida qadoq hosil boʻladi, oyoq panjasi suyaklari bir-biriga nisbatan siljib, yangi boʻgʻim satxi xosil boʻladi, eskilari togʻay sathining atrofiyasi tufayli boʻshab qoladi. Maymoklik kasalligi bilan ogʻrigan bolalar bir oyoq panjasi ustidan ikkinchi oyoq panjasini oshirib qadam tashlaydilar. Boldir mushaklari atrofiyaga uchraganligi uchun ozgʻin koʻrinadi. Tizza boʻgʻimi toʻgʻrilanib, qomati toʻppa-toʻgʻri holatni olib, nomutanosib va shoshmay yuradi.

Konservativ va operativ yoʻl bilan olib boriladi. Bola tugʻilganidan 10-12 kun oʻtganidan keyin konservativ davolashni boshlash mumkin. Davolash shifokor rahbarligida ona tomonidan har kuni redressatsiya[4] (kuch bilan toʻgʻrilash) qilinib, erishilgan natija mustaxkamlanib boriladi. Yosh bolalarda oyoq panjasi suyaklari togʻaydan iborat boʻlib, faqat suyak hosil qiluvchi yadrolari boʻladi, oʻsish jarayonida har xil oʻzgarishlarga moyil boʻladi. Shuning uchun oyoq panjasi narkozsiz muayyan muolajadan soʻng oson korreksiyalanadi (toʻgʻrilanadi). Ular oyoq panjasining maymoqlikdagi xolati: supinatsiya, adduksiya va ekvinusga qarab toʻgʻirlanadi. Maymoqlikning yengil turida maxkamlash (fiksatsiya) bint, ogʻir xollarda bosqichli gips bogʻlami qoʻyiladi. Tugʻma maymoqlikning yengil turlarida (bint bilan korreksiya qilishdan tashqari) passiv korreksiyalovchi gimnastika, har gal bintni almashtirganda kuniga 3-5 daqiqadan boldirni va panjani 3-4 marta silash zarur.

Fink-Ettiigen texnikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mushaklarni boʻshashtirish uchun bola oyogʻining tizza boʻgʻimi toʻgʻri burchak ostida bukiladi. Bintning uzunligi 2 metr, eni 5-6 sm. Maymoqlikni tuzatish deformatsiyaning sanab oʻtilgan komponentlari: supinatsiya, adduksiya va ekvinus xolatlarining tartibi boʻyicha amalga oshiriladi. R. R. Vreden maʼlumotiga koʻra redressatsiya qilayotganda bolaning yigʻlashi tabiiy xoldir, lekin „qattiq, yigʻlaganda“ muolajani asta-sekin amalga oshirish talab etiladi.

  • Travmatologiya i ortopediya. Travmatologiya i ortopediya. Yumashev G.S(1990)
  • Shapovalov V. M., Gritsanov A. I., Yeroxov A. N. (red.) Travmatologiya i ortopediya(1995)