[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Tepagavr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tepagavr — qad. qishloq xarobasi (mil. av. 5—2ming yillik). Mosul sh. (Iroq)dan 25 km sharqda joylashgan. E. A. Spayzer rahbarligidagi AQSH arxeologiya ekspeditsiyasi (1927 va 193138) tekshirgan. T.G.ning eng pastki 20madaniy qatlami bu yerda oʻtroq dehqonchilik qishlogʻi vujudga kelgan davr — Xalaf madaniyati (mil. av. 5ming yillik)ga oid, 19—12madaniy qatlamlaridan Ubayd madaniyatit oid materiallar topilgan. 11—8madaniy qatlamlardan boshlab Gavr madaniyati shakllana boshlagan. Bu davrda qoʻlda yasalgan boʻyama sopol idishlar yasash rivojlangan, tosh taxtalardan zodagonlarga moʻggjallangan maqbaralar qurilgan. 8—7qatlamlar (mil. av. 4—3ming yillik boshlaridan) dastgohda tayyorlangan sopol idishlar, silindrsimon muhrlarning topilishi bu davrda hunarmandlik taraqqiy qilib, ibtidoiy jamiyat yemirila boshlaganidan darak beradi. 3—1madaniy qatlamlardan Hurriylar madaniyati (mil. av. 2ming yillik)ga oid materiallar topilgan. Ashyoviy dalillar T.G.da xayot mil. av. 2ming yillik oʻrtalarigacha davom etganini tasdiklaydi.