[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Toʻlagan Isoqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toʻlagan Isoqov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Toʻlagan Isoqov
Tavallud sanasi 8-oktyabr 1950-yil (1950-10-08) (74 yosh)[1]
Tavallud joyi Yangiyoʻl, Toshkent O'zbekiston SSR
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliatini yakunlagan
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1967—1979 Paxtakor 252 (52)
Boshqargan klublari
1982—1983 Shahrixonchi
1989 Paxtakor
1990 Nasaf
1998 Zarafshon
1999 Surxon
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Toʻlagan Oʻlmasovich Isoqov (1949-yil 8-oktyabrda tugʻilgan) – sovet va oʻzbekistonlik nafaqadagi professional futbolchi, futbol murabbiy sifatida faoliyat olib borgan[2]. 1979-yil halokatga uchragan „Patxakor“ jamoasining asosiy futbolchilaridan biri boʻlgan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Isoqov Yangiyoʻlda tugʻilgan. Bolaligi Toshkentda oʻtgan, „Spartak“ stadionida murabbiy Maʼruf Poʻlatov qoʻl ostida futbol oʻynagan. U butun faoliyatini „Paxtakor“ jamoasida oʻtkazgan, 13 mavsum davomida birinchi va oliy ligada 252 oʻyin oʻtkazib, 52 gol urgan. 1979-yilda Toʻlagan jarohat oldi, bu esa uni Paxtakor jamoasi safar oʻyiniga olib ketilmasligiga sabab boʻlgan. Paxtakor navbatdagi safar uchrashuvni oʻtkazish uchun samolyotda uchgan vaqtida halokatga uchragan va Toʻlagan Isoqovning jarohat sababli uchmaganligi omon qolishiga sabab boʻlgan[3]. Paxtakor jamoasi halokatidan soʻngra futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uch yil davomida Moskvadagi Oliy murabbiylar maktabida tahsil olgan. Shahrixonchi jamoasida murabbiy boʻlib ishlagan. Bir necha yil futbol maktabi direktori, Toshkent viloyati sport qoʻmitasida ishlagan. 1989-yilda Viktor Nosov „Paxtakor“ jamoasi murabbiyligini tark etganidan soʻng klubga bosh murabbiy boʻlgan.

Oʻzbekiston futbol federatsiyasida ishlagan. „Zarafshon“, „Surxon“ jamoalarida bosh murabbiylik qilgan. 2020-yildan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi faxriylar kengashi raisi etib saylangan[4].

  • Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi: 2021[5]