[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

William Bateson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
William Bateson
Tavalludi 8-avgust 1861-yil
Whitby, Yorkshire, Birlashgan Qirollik
Vafoti 8-fevral 1926-yil(1926-02-08)
(64 yoshda)
Merton, Birlashgan Qirollik
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Sohasi genetika
Taʼlimi Cambridge universiteti

William Bateson, (talaffuzi: Uilyam Beytson) (1861-yil 8-avgust, Whitby – 1926-yil 8-fevral, Merton)[1] – ingliz biologi, genetika asoschilaridan biri. „Genetika“ atamasini ham Bateson taklif etgan (1907). Cambridge universiteti professori (1908–1910). Ilmiy ishlari chogʻishtirma anatomiya va irsiyat masalalariga oid. „Borliq – yoʻqlik“ nazariyasini ilgari surgan (1905). Bu nazariyada u organizmlarda ularning rivojlanishini tormozlab qoʻyadigan omillar yoʻqolishi bilan yangi belgilar paydo boʻlishini tushuntirib berishga harakat qilgan. 1910-yilda Angliya genetik jurnalini tashkil etgan.