[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Ryuju Nagayama

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ryuju Nagayama
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud paytidagi ismi yaponcha: 永山 竜樹
Fuqaroligi Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Tavallud sanasi 15-aprel 1996-yil (1996-04-15) (28 yosh)
Bibai, Xokkaydo, Yaponiya
Boʻyi 158 sm
Vazni -60 kg
Sport
Mamlakat Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Professional faoliyat
Havaskor faoliyat

Ryuju Nagayama (yaponcha: 永山 竜樹, 15-aprel 1996-yil) – yapon dzyudochisi[1], 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining bronza medali sovrindori[2], dzyudo boʻyicha Yaponiya chempionatlari chempioni va sovrindori, Jahon chempionati sovrindori, 2022-yilgi Osiyo chempioni.

2011-yilda Nagayama kadetlar oʻrtasidagi Yaponiya hamda jahon chempionatida gʻolib chiqqan. 2012-yilda kumush medal sohibi, 2013- va 2015-yillarda esa oʻsmirlar oʻrtasidagi Yaponiya chempionatida gʻolib chiqdi. 2012-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan. 2016-yilda bronza medali sohibi, 2017—2018-yillarda esa kattalar oʻrtasida Yaponiya chempioni boʻlgan. 2018-yilda jahon chempionatining bronza medali sohibi boʻlgan[3]. Nagayama nufuzli xalqaro turnirlarning koʻp karra gʻolibi va sovrindori.

Tokioda boʻlib oʻtgan 2019-yilgi jahon chempionatida Nagayama uchinchi oʻrin uchun kurashda hamyurti Naohisa Takatoni yengib, bronza medalini qoʻlga kiritdi.

2024-yilda Parijda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida Nagayama uchinchi oʻrin uchun kurashda turkiyalik sportchi Solih Yildizni magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi[2].

  1. „Ryuju NAGAYAMA / IJF.org“. www.ijf.org. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  2. 2,0 2,1 Khalatyan, Rafael. „Judo: Yeldos Smetov and Natsumi Tsunoda secure Olympic gold“. InsideTheGames.biz (2024-yil 27-iyul). Qaraldi: 2024-yil 28-iyul.
  3. „2018 World Judo Championships –60 kg results“ (PDF) (2018-yil 26-sentyabr). 2018-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.