Rudimentlar
Qiyofa
Rudimentlar (lot. rudimentum — murtak, negiz), rudiment organ lar — filogenez jarayonida organizmda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, ajdodlar va yaqin turlardagiga nisbatan soddalashgan, kam rivojlangan organlar. R. embrional rivojlanish davrida shakllana boshlab, toʻlatoʻkis rivojlanmaydi. R.ga kushlarning kichik boldir suyagi, gʻorda va tuproq ichida yashovchi hayvonlar (protey, koʻrsichqon)ning koʻzlari, kitsimonlarning jun qoplami va chanoq suyaklari qoldiqlari, odamning dum umurtqalari, tanadagi junlari, quloq muskullari, appendiks oʻsimtasi va boshqa misol boʻla oladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |