[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Rovno viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rovno viloyati — Ukraina tarkibidagi viloyat. Ukrainaning shimgʻarbida. 1939-yil 4 dekabrda tashkil topgan. Maydoni 20,1 ming km². Aholisi 1192,5 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Rovno viloyatida 15 tuman, 9 shahar va 16 shaharcha bor. Yirik shaharlari: Rovno, Dubno, Zdolbunov, Kostopol, Sarni. Markazi — Rovno shahri.

Rovno viloyati yer yuzasi bir oz pastbaland tekislik. Viloyat shimoliy qismini Polesye payettekisligi, janubiy qismini Volin qirlarining sharqiy qismi egallagan (eng baland joyi 342 m).

Iklimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi −3,8°, iyulniki 18,5°. Yillik yogʻin 560-620 mm. Daryolari Pripyat va uning irmoqlari. Qora tuproq, sur tusli podzollashgan, chimli podzol, botqoq, gilliqumloq tuproklar tarqalgan. Viloyat hududining 34%i oʻrmon. Boʻri, tulki, qobon, los, boʻrsiq, suvsar, tiyin, olaxurjun, zubr yashaydi. Dare va koʻllarda baliq koʻp. Ondatra, yenotsimon it iqlimlashtirilgan.

Viloyat xoʻjaligida oziq-ovqat sanoati yetakchi oʻrinda. 6 shakarqand, 2 spirt, 8 sabzavot quritishkonserva korxonalari, goʻsht kombinati ishlab turibdi. Sanoat mahsulotlarining hajmi boʻyicha yengil sanoat ikkinchi oʻrinda turadi. Rovno, Dubnoda tikuvchilik, toʻqimachilik, trikotaj, poyabzal korxonalari joylashgan. Mashinasozlik va metallsozlik korxonalarida traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. Rovnoda elektrotexnika jihozlari, yuqori voltli elektron apparatura, Dubnoda har xil stanoklar ishlab chiqariladigan korxonalar bor. Oʻrmon, yogʻochsozlik va qogʻoz sanoati korxonalari Sarni, Dubno, Ostrog, Vladimirets, Berezno, Rovno atroflarida joylashgan. Qurilish materiallari sanoati, ayniqsa, sement, shifer va yigʻma temirbeton ishlab chiqarish rivojlangan.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklari: deqqonchilik va chorvachilik. Gʻalla, texnika ekinlari, sabzavotpoliz va kartoshka, yemxashak ekinlari ekiladi. Chorvachiligi sutgoʻshtga ixtisoslashgan. Krramolchilik, choʻchqachilik yetakchilik qiladi. Parrandachilik va quyonchilik rivojlangan, qoʻy va echki ham boqiladi.

Transport yoʻli uzunligi 579 km, avtomobil yoʻllari 7,8 ming km. R. havo yoʻllari orqali Moskva, Riga, Kiyev, Simferopol va Ukrainaning boshqa shaharlari bilan bogʻlangan, 2 oliy oʻquv yurti, Kiyev madaniyat institutining madaniymaʼrifiy fakulteti, 2 muzey, musiqali drama teatri, 4 sanatoriy bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil