[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Qaymoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qaymoq

Qaymoqsut mahsuloti. Sut separatori ixtiro qilinguncha sutni 10— 12 soat davomida past haroratda maxsus idishlar (mas, Oʻzbekistonda sopol tovoq)da tindirib olingan. Tarkibida yogʻliligiga qarab 59,6—81,8% suv, 2,4—3,4% oqsil, 2,7—4,2% laktoza, 0,3—0,6% mineral moddalar bor. Sut zdlarida bevosita isteʼmol qilishga moʻljallangan, yogʻliligi 10%, 20% va 35% boʻlgan Q. ishlab chiqariladi. 10% li Q. 78—80° da, 20% va 35% lisi 85—87° da (15—30 sek. davomida) pasterlanadi, soʻngra darhol maxsus sovitish vannalarida 4—6° ga qadar sovitiladi, shisha idishlar yoki qogʻoz paketlarga quyiladi. Oddiy Q.dan tashqari quyultirilgan va quruq Q.lar ham ishlab chiqariladi. Q.ning oʻzi isteʼmol qilinadi, ichimlik va taomlarga qoʻshiladi. Q.ning asosiy qismi sanoatda sariyogʻ, smetana olish uchun qayta ishlanadi, muzqaymoq tayyorlanadi.