[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Qora ilonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qora ilonlar, viparalar-ilonlar oilasi. Tanasi nisbatan yoʻgʻon, uzunligi 2 m gacha. Boshi uchburchak yoki trapetsiyasimon. Koʻz qorachigʻi vertikal joylashgan. Jagʻlarining oldingi qismida zahar oʻtkazuvchi 1-2 tadan yirik naysimon tishi va 3-5 tadan mayda tishchalari boʻladi. 11 urugʻi, 60 turi Afrika va Yevrosiyoda tarqalgan. Oʻzbekiston faunasida 3 turi: choʻl qora iloni, qum charx iloni, koʻlborilon uchraydi. Yerda yashaydi, ayrim turlari daraxtga oʻrmalab chiqa oladi. Mayda umurtqalilar bilan oziqlanadi. Koʻpchiligi tuxumdan tirik tugʻadi. Barcha qora ilonlar zaharli, yirik qora ilonlar (masalan, koʻlborilon)ning chaqishi odam hayoti uchun xavfli. Zaharidan tibbiyotda foydalaniladi. Soni kamayib bormoqda. Bir qancha turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.