[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Qora dengiz boʻgʻozlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qora dengiz boʻgʻozlari - Bosfor va Dardanell boʻgʻozlari. Qora dengizni Oʻrta dengiz bilan birlashtirib turadi. 1936-yilgi Montryo konferensiyasida qabul qilingan konvensiya asosida huquqiy tomonlari tartibga solingan. Konferensiyada Lozanna konferensiyasining (1922 — 23) boʻgʻozlar haqidagi konvensiyasi oʻrniga boʻgʻozlar rejimi toʻgʻrisida yangi konvensiya qabul qilingan. Qora dengiz atrofidagʻi davlatlarning tinch davrlarda boʻgʻozlardan oʻz harbiy kemalarini cheklanmagan sonda, konvensiyada belgilangan shartlarga rioya qilgan holda olib oʻtishdan iborat tartibi tan olingan, Qora dengizdan narida joylashgan mamlakatlar harbiy kemalarining oʻtishi ularning sinfi, tonnaji va Qora dengizda boʻlish muddati bilan cheklangan.