[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Qoplon posho daxmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoplon posho daxmasi (albancha: Tyrbja e Kapllan Pashës) ― Albaniya poytaxti Tirananing markazida, Skanderbeg maydonidan (albancha: Sheshi Skendërbej) bir oz sharqda joylashgan boʻlib, Rruga Barrikadave, Rruga 28 Nëntori va Rruga Abdi Toptani koʻchalari oraligʻida.

Qoplon Posho Toptani daxmasi 1820-yilda Sulaymon Posho masjidi yonida qurilgan. Yodgorlik yumshoq oq ohaktoshdan qurilgan boʻlib, ark bilan bogʻlangan sakkizta dumaloq ustundan iborat. Dastlab qabr tomi yogʻoch[1][2] boʻlib, balandligi toʻrt metr[3] boʻlgan. Qabr ustidagi lavha jiddiy shikastlangan, ammo unda Tirana hukmdori, asli Kruy shahridan boʻlgan Qoplon Posho Toptani 1819-yil oktabr oyida vafot etgani haqidagi yozuvni hali ham payqash mumkin. Masjid va yodgorlik Ikkinchi jahon urushi yillarida qattiq shikastlangan[4]. Bu musulmon daxmasi 1948-yilda milliy madaniy yodgorlik deb eʼlon qilingan[5]. Shundan keyin Qoplon poshoning qabrtoshi va sarkofagi olib tashlandi. Uzoq vaqt davomida yodgorlik tashlandiq va taʼmirlashga muhtoj edi. Qoʻshni uchastkada 2007-yilda koʻp qavatli TID minorasi qurilishi boshlangan. Qurilish boshlanishida quruvchilarga daxmani TID minorasi binosi bilan birga saqlashdek qiyin vazifa qoʻyildi. Vazifa bino poydevoridagi maxsus dumaloq 3D kesmalar yordamida bajarildi. 2016-yilda daxma toʻliq tiklandi[6].

  1. Machiel Kiel: Ottoman architecture in Albania (1385—1912). In: Research Centre for Islamic History, Art and Culture (Hrsg.): Islamic art series. Band 5. Istanbul 1990, ISBN 92-9063-330-1. . 
  2. Gëzim Hoxha, Bashkim Lahi: Islamische Kunst und Architektur. In: Werner Daum, Staatliches Museum für Völkerkunde (Hrsg.): Albanien zwischen Kreuz und Halbmond. Pinguin-Verlag, München 1998, ISBN 3-7016-2461-5. . 
  3. „Disa Kisha, Xhami, Manastire“. 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-fevral 2017-yil.
  4. „Tomb of Kaplan Pasha (Tyrbe e Kapllan Pasha) | Visit Albania“. argophilia.com. 2017-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-fevral 2017-yil.
  5. „KSHK | Objekte Fetare Monument Kulture“ (inglizcha). kshk.gov.al. 3-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-fevral 2017-yil.
  6. „FOTOLAJM- Lida Miraj: Tyrbja e Kapllan Pashës ʻrestaurohet’ me çekiç“ (albancha). BalkanWeb.com. Qaraldi: 19-fevral 2017-yil.
  • Genc Hajdari: Restaurimi i tyrbes së Kapllan Pashës. In: Instituti i Monumenteve të Kulturës (Hrsg.): monumentet. Nr. 38. Tirana 1989, S. 103-115 (PDF des Hefts [abgerufen am 8. May 2016]).