[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Qodiriylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qodiriylar — tasavvuf tariqati. 13-asr oxirida Iroqda tashkil topgan. Abdulqodir Geloniy (1077—1166) asos solgan deb hisoblanadi. Abdulqodir Geloniyning oʻzi sufiy boʻlmagan, lekin uning mashhurligidan tasavvufiy bilish yoʻlining gʻoya va tajribalarini ommaga singdirishda foydalanilgan. Q. shtohida guruhlardan tashkil topgan, qarashlari jihatdan sunniylikka mansub. Q. tasavvuriga koʻra, tariqat asoschisining tariqatga aʼzoligi davom etaveradi, u tariqat tarafdorlarini vositachi orqali boshqaradi. Q.da hamma aʼzolar uchun majburiy boʻlgan tasavvuf yoʻli yoʻq. Tariqatni boshqarish anʼana boʻyicha nasldan naslga oʻtadi. Q.ning ijtimoiy tarkibi har xil boʻlgan. Ular jamoa boʻlib (samo, xadra, layliyo), ovoz chiqarmasdan alohida holda (zikri xafiy) hamda baland ovozda (zikri jahriy) umumiy zikr tushishgan. Tariqat aʼzolari boshlariga kigiz telpakcha kiyib yurgan. Telpakchada Q.ning timsoli — uch qator gulbargli yashil gul bor. Abdulqodir Geloniy sharafiga har yili boʻladigan tantanalar — ularning asosiy bayramidir. Abdulqodir qabri ustiga madrasa, rabot, masjid qurilgan boʻlib, Bagʻdodning asosiy qadamjolaridan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Sharqiy va Shimoliy Afrikada, Sudan, Iroq va Pokistonda Q.ning mavqei kuchli (Iroq va Pokistondagi Q. guruhi Bagʻdoddagi maskanni tariqatning markazi deb eʼtirof etadi).