[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Peggy Cherng

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Peggy Cherng
Tavalludi 1947/1948 (yosh 76–77)[1]
Fuqaroligi Amerika
Taʼlimi Oregon shtat universiteti (BS)
Missuri universiteti (MS)
Missuri universiteti (PhD)
Kasbi Tadbirkor, restavrator, filantrop
Unvoni Panda Express restoranlar tarmogʻi hammuassisi
Turmush oʻrtogʻi
Andrew Cherng (turm. 1975)
Bolalari 3[2]

Peggy Tsiang Cherng (talaffuzi: [/ˈtʃɜːrŋ/]) – 1983-yilda Panda Express kompaniyasiga asos solgan va Panda Restaurant Group kompaniyasining bosh ijrochi direktori boʻlib ishlagan amerikalik milliarder tadbirkor ayol. U Forbes talqinida 2019-yil holatiga koʻra taxminan 1,7 milliard AQSh dollari miqdoridagi sof boyligi bilan Amerika Qoʻshma Shtatlaridan tashqarida tugʻilgan Amerikaning ikkinchi eng badavlat ayoli boʻlgan[3]. Chernglar oʻzlarining boyliklarini oilaviy ofislari hisoblanadigan Cherng Family Trust orqali sarmoya qilishadi.

Yoshligi va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Peggy Tsiang 1947– yoki 1948-yilda Myanmaning Molamyayn shahrida tugʻilgan va Gonkongda oʻsgan[3]. U Gonkongdagi Clementi oʻrta maktabida oʻqigan va 1966-yilda uni tamomlagan[4]. Peggy Kanzas shtatining Baldwin City shahrida joylashgan Baker universitetida oʻqish uchun Qoʻshma Shtatlarga kelgan, bu yerda birinchi kursligida ikkinchi kurs talabasi boʻlgan boʻlajak turmush oʻrtogʻi Andrew Cherng bilan uchrashgan[5]. Peggy bir yildan soʻng Oregon shtat universitetiga oʻqishini koʻchiradi va u yerda 1970-yilda amaliy matematika boʻyicha bakalavr darajasini oladi[4][6]. Keyin u Missuri universitetiga oʻqishga kirdi, 1971-yilda kompyuter fanlari boʻyicha magistrlik darajasini qoʻlga kiritdi va 1974-yilda elektrotexnika fanlari nomzodi boʻldi[4][7]. Peggy rentgen nurlarini raqamlashtirgan va tugʻma yurak kasalliklarini tashxislash uchun algoritmlarni qoʻllaydigan aniqlash dasturini ishlab chiqish orqali doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Doktorlik dissertatsiyasini qoʻlga kiritgandan soʻng, u Andrew bilan Los-Anjelesga koʻchib oʻtadi va juftlik shu yerda turmush quradi[8].

Dastlabki faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1975–1977-yillarda Cherng McDonnell Douglas kompaniyasida muhandislik boʻyicha mutaxassis boʻlib, u yerda AQSh havo kuchlari uchun jang maydoni simulyatorlarini kodlagan[4]. 1977–1982-yillarda u 3M shoʻba korxonasi boʻlgan Comtal korporatsiyasida texnik muhandis va dasturiy taʼminot boʻlimi menejeri sifatida faoliyat olib borgan[4].

Panda Restaurant Group

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1973-yil iyun oyida Andrew Cherng otasi Ming Tsai Cherng bilan birga restoran sotib oldi va oilaviy jamgʻarilgan mablagʻlar hamda Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash maʼmuriyati kreditidan foydalangan holda Kaliforniyaning Pasadena shahrida Panda Inn nomli yangi xitoy restoranini ishga tushirdi[9]. 1982-yilda Peggy Cherng Comtalni tark etdi va Panda Restaurant Groupda operatsiyalar boʻyicha menejer lavozimida ishladi[4]. 1982-yilda u mijozlarning fikr-mulohazalarini kuzatish va operatsiyalarni soddalashtirish uchun restoran kompaniyasining kompyuter tizimlarini qurdi[10]. Peggy inventarni kuzatish va ingredientlarni qayta buyurtma qilish uchun kompyuterlardan foydalangan[11].

1983-yilda Chernglar Kaliforniyaning Glendale shahridagi yangi ochilgan Glendale Galleria II savdo markazida oʻzlarining birinchi fast food restorani – Panda Expressni ochdilar[12]. Savdo markazi boshqaruvchisi Panda Innda ovqatlangan va Chernglarni oziq-ovqat kortidan joy olishga undagan[13]. Peggy 1997-yilda kompaniya prezidenti lavozimini egalladi[12]. U 1997-yildan 2003-yilgacha Panda Restaurant Groupning bosh direktori va prezidenti boʻlgan, 2004-yilda esa Panda Restaurant Group hamraisi boʻlgan[14]. Panda Restaurant Group Urbane Cafe, Just Salad, Uncle Tetsu, Pieology va Ippudo kabi boshqa restoran franchayzalarida ulushlar sotib oldi[10]. 2018-yil holatiga koʻra, bir nechta holatlarni mustasno qilsa Cherngs hali ham Panda Express restoranlariga franchayzing bermagan edi, ular barcha restoranlariga oʻzlari egalik qilishgan va ularni ommaga oshkor qilmasdan boshqarishgan[15]. 2019-yilda Peggy 2,200 dan ortiq manzilga ega boʻlgan Panda Express kompaniyasining bosh direktori sifatida faoliyatini davom ettirgan[10].

2018-yil mart oyiga kelib, er-xotinning boyligi 3,3 milliard dollarni tashkil etdi[15]. Peggy Forbes tomonidan 2019-yilda Amerikaning oʻz mehnati bilan milliarderga aylangan tadbirkor ayollari roʻyxatida 12-oʻrinni egalladi[10]. 2019-yil oktyabr oyida uning CFT NV Developments LLC rivojlanish kompaniyasi Gavayida 10 million dollarga yer sotib oldi. Peggy va uning turmush oʻrtogʻi Gavayidagi Raising Caneʼs Chicken Fingers restoranining asosiy franchayzalari faoliyatini yoʻlga qoʻyishdi[16]. Peggy, shuningdek, San-Fransisko Federal zaxira bankining Los-Anjeles filiali, Los-Anjelesning United Way, Arkadiyaning Methodist kasalxonasi va Peter F. Drucker menejment maktabining boshqaruv kengashi aʼzosi ham hisoblanadi[17].

Xayriya faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil fevral oyida Chernglar Pomona shahrida joylashgan Kaliforniya davlat politexnika universiteti qoshidagi Collins College of Hospitality Management kolleji faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun 2.5 million dollar xayriya qildilar[18][19].

2017-yil mart oyida Kaliforniya texnologiya instituti Andrew va Peggy Cherngdan 30 million dollarlik sovgʻa olgandan soʻng tibbiyot muhandisligi boʻlimi nomini Andrew va Peggy Cherng tibbiyot muhandisligi boʻlimiga oʻzgartirayotganliklarini eʼlon qildi[20]. Keyingi oyda Missuri universiteti Cherngsdan oʻz qoʻl ostidagi kollejiga foyda keltiradigan 1.5 million dollarlik sovgʻa olganini eʼlon qildi[21].

Chernglar 2023-yilda City of Hope tibbiyot markaziga 100 million dollar xayriya qildilar, bu esa Sharq va Gʻarb davolash usullarini oʻzida mujassam etgan muassasaning saraton kasalligini davolash tadqiqotlarini rivojlantirish uchun yordam berar edi. Ushbu xayriya Duarte shahrida joylashgan markaz tomonidan olingan „saraton kasalligini davolash uchun yagona eng katta sovgʻa“ edi[22].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chernglarning uchta qizi bor. Eng kattasi Panda Express kompaniyasining marketing boʻyicha direktori, ikkinchi qizi Cherng Family Trust investitsiyalarini boshqaradi, eng kichigi Panda xayriya fondida ishlaydi[4].

2018-yilda Cherng Family Trust kompaniyasi Las-Vegas Stripdagi sobiq Mandarin Oriental mehmonxonasini sotib olgani va uning nomini Waldorf Astoria nomi bilan oʻzgartirgani eʼlon qilindi. Mulkni sotib olishning umumiy qiymati 214 million dollarni tashkil etdi[23]. 2019-yil noyabr holatiga koʻra, Chernglar Nevada shtatining Henderson shahrida istiqomat qilishadi[24].

  1. „Forbes profile: Peggy Cherng“. Qaraldi: 2018-yil 24-sentyabr.
  2. Hirsch, Jerry (2008-08-31), „Profile: Andrew Cherng, Panda Express founder“, Seattle Times, qaraldi: 2018-04-30
  3. 3,0 3,1 „Rihanna, Celine Dion, Safra Catz: Here Are The Most Successful Immigrant Women In The U.S.“. forbes.com (2019-yil 6-iyun). Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 „How Did I Get Here? Peggy Cherng“. bloomberg.com. Qaraldi: 2018-yil 1-may.
  5. „A Passion for Panda“. pasadenaweekly.com (2011-yil 1-iyul). 2018-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-aprel.
  6. „Cherngs honored for contributions in L.A. area“. bakeru.edu. Qaraldi: 2018-yil 30-aprel.
  7. Tsiang, Peggy Pui-Kee (1974). Computer analysis of chest radiographs using size and shape descriptors (Ph.D.). University of Missouri. OCLC 12702017ProQuest.
  8. „The Tao of Panda Express“. lamag.com (2015-yil 20-aprel). Qaraldi: 2018-yil 30-aprel.
  9. „A Passion for Panda“. pasadenaweekly.com (2011-yil 1-iyul). 2018-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-may.
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 „Peggy Cherng“. Forbes.
  11. Abadi, Mark „Meet the billionaire couple behind Panda Express, who run nearly 2,000 restaurants and sell 90 million pounds of orange chicken a year“. Business Insider.
  12. 12,0 12,1 Krantz, Matt. „Panda Express spreads Chinese food across USA“ (2006-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 30-aprel.
  13. Hirsch, Jerry. „Profile Andrew Cherng, Panda Express founder“ (2009-yil 31-avgust). Qaraldi: 2018-yil 30-aprel.
  14. „How Did I Get Here? Peggy Cherng“. www.bloomberg.com (2016).
  15. 15,0 15,1 Hannon, Kerry. „For Panda Express Owners, It's About Family“. The New York Times (2018-yil 22-mart).
  16. Magin, Janis L. „Panda Express founders pay $10M for Oahu land, plan new Raising Cane's restaurant“. Pacific Business News (2019-yil 10-oktyabr).
  17. „Peggy Cherng“. Panda Restaurant Group. 2017-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-avgust.
  18. „Panda Express founders pledge $2.5 million“. Fast Casual (2011-yil 28-fevral).
  19. Galindo, Erick. „Panda's pledge: Founders donate $2.5M to Cal Poly Pomona“ (2011-yil 4-mart). 2017-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  20. Henry, Jason. „Panda Express founders donate $30 million to Caltech in hopes of inspiring other immigrants“ (2017-yil 28-mart).
  21. Jost, Ashley. „Panda Express execs give $1.5 million to Mizzou“ (2017-yil 28-aprel).
  22. „Panda Express founders donate $100 million to City of Hope for alternative cancer care“ (en-US). Los Angeles Times (2023-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-iyun.
  23. „Hilton's Waldorf Astoria to debut in Las Vegas“. apnews.com (2018-yil 30-avgust). Qaraldi: 2018-yil 24-sentyabr.
  24. „Andrew & Peggy Cherng's House in Henderson, NV“ (2019-yil 24-noyabr).