[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Poliploidiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Poliploidiya (poli- Koʻp va yun.{ploidiya} eidos — koʻrinish, shakl) — tirik organizmlar hujayrasidagi xromosomalari sonining ularning gaploid miqdoriga nisbatan 3 yoki undan koʻproq marta oshib ketishi. Bunday hujayra yoki undan rivojlangan organizm poliploid deyiladi. Xromosomalar soni 3-marta oshganida triploid, 4-marta oshganida tetraploid deyiladi. Poliploid organizm otaona organizmga nisbatan yirik va kuchli boʻladi. P. oʻsimliklar orasida keng Tap-kalgan; madaniy oʻsimliklar, odatda, poliploid boʻladi. P. hayvonlar orasida ayrim qisqichbaqasimonlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, as-karidalarda uchraydi. Sunʼiy P. yuqori harorat, nurlanish, kimyoviy moddalar (kolxitsin va boshqalar) taʼsir et-tirib hosil qilinadi. P. katta amaliy ahamiyatga ega. Poliploid oʻsimliklar yirik va serhosil boʻladi. P. dan oʻsimlik navlari xususiyatini yaxshilash, yirik va serhosil navlar yetishtirishda keng foydalaniladi.

Rus olimi B. L. Astaurov tut ipak qurti ikki xil zotining duragaylaridan serpusht tetraploid zotni yetish-tirgan. Ana shu asosda Astaurov ayrim jinsli hayvonlarning poliploid formalari partenogenez va gibridizatsiya usuli bilan kelib chiqishi mumkinligini amalda isbot qildi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil