Szyansu
Szyansu — Xitoyning sharkay qismidagi provinsiya. Yanszi daryosi quyi oqimi havzasida. Sharqiy Xitoy va Sariq dengizlar bilan oʻralgan. Maydoni 102,6 ming km². Aholisi 71,8 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Nankin Szyansu Shanxay Szyansu alohida maʼmuriy birlik. Szyansu Xitoyning aholi zich yashaydigan provinsiyasi.
Szyansu, asosan, Shimoliy Xitoy tekisligida joylashgan. Iklimi tropik, mussonli iklim. Yillik yogʻin 600–1200 mm. Buyuk kanal Yanszi daryosini Szyansu hududidagi koʻllar bilan bogʻlaydi. Szyansu — iqgisodiy jihatdan rivojlangan industrialagrar rayon. Iktisodiyotida Shanxay Szyansu muhim oʻrin tutadi. Koʻmir, temir rudasi, apatit, kaolin qazib chiqariladi. Toʻqimachilik, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, sement, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Asosiy ekini — sholi. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, batat, dukkaklilar, sabzavot ham ekiladi. Paxtachilik rivojlangan. Choʻchqa, parranda boqiladi. Baliq ovlanadi.
Qadimda Szyansu hududida man va xuayi qabilalari yashagan. Szyansu mil. av. 8—4-asrlarda Si, U, Yue, Chu podshoxliklari tarkibida boʻlgan, 17-asrda Xitoyni manjurlar bosib olgandan soʻng bu yerda Szyannan viloyati tashkil topdi, keyinroq u Szyansu provinsiyasi deb ataldi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |