Svat (Pokiston)
Svat (urdu: سوات inglizcha: Swat — Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatidagi tuman, xuddi shu nomdagi vodiy, tarixiy mintaqa va sobiq knyazlik. Poytaxti Saydu-Sharif, lekin aslida mintaqaning eng muhim shahri Mingora.[1] Bu hudud baland togʻlar, yam-yashil oʻtloqlar va tiniq suvli koʻllar bilan qoplangan boʻlib, yaqin vaqtgacha sayyohlar uchun mashhur joy boʻlgan. 1969-yilgacha Svat Pokiston tarkibiga kiritilgan knyazlik maqomiga ega edi. Geografik joylashuvi tufayli Svat ba'zan "Pokiston Shveysariyasi" deb ataladi[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]qadimiy tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Svat hududida hind-aryanlarning qadimgi harakatlari bilan bog'liq boʻlgan Gandhar madaniyati mavjud edi.
Svat daryosi Rigvedada (Mandala 8|8.19.37) "Suvastu" nomi bilan tilga olingan. Hozirgi vaqtga kelib, Svat yoshi kamida ikki ming yil va qadimgi davrlarda Uddiyana nomi bilan tanilgan.
Svat viloyati hukmdorlari Ahamoniylar hukmronligi ostiga o'tdilar, ammo Miloddan avvalgi IV asrda yana o'z hokimiyatlarini tikladilar. Miloddan avvalgi 327 yilda Makedoniyalik Aleksandr Udegram va Barikot (yunon manbalarida Ora va Bazira nomi bilan mashhur) shaharlarini zabt etdi. Miloddan avvalgi 305-yilga kelib mintaqa Maurya imperiyasining bir qismi bo'ldi. Taxminan Miloddan avvalgi 2 asrda hududni buddistlar, hind-greklar va kushonlar egallagan. Svat vodiysida ko'plab arxeologik joylar va qazuv hududlari mavjud. Arxeologik topilmalar haykaltaroshlik va meʼmorchilik yodgorliklari buddizm davriga oid hisoblanadi.
Buddizm merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Svat muzeyida Svat vodiysidan topilgan Buddaga tegishli deb taxmin qilingan oyoq izlari mavjud. Vodiyda mavjud boʻlgan Gandhara buddist maktabi birinchi bo'lib Buddani ramz sifatida emas, balki inson qiyofasida tasvirlaganligi bilan mashhur. Bu yerda, vodiyda Buddaning kulidan bir nechta stupalar qurilgan. Xronikalarga ko'ra, buddizm davrida Svat vodiysida ko'plab stupalar va monastirlar, Buddaning 6000 ga yaqin oltin tasvirlari boʻlgan. Ushbu monastir va stupalardan 400 ga yaqini hozirgi kungacha saqlanib qolgan (ba'zilari faol, aksariyati qoldiq shaklida). Butkarhdagi qazishmalar Buddaning kulini topdi.
Islomning kelishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]11-asr boshlarida Mahmud Gʻaznaviy Dir orqali oʻtib, Svat vodiysiga bostirib kirdi va mahalliy hukmdor Gira ustidan gʻalaba qozondi. Keyinchalik Qobul shohi Mirzo Ulugʻbek Yusufzay qabilasining boshliqlarini oʻldirmoqchi boʻlganida, ular Svat va Bajur podsholari homiyligida qochib ketishadi. Asrlar davomida Svat-Jahongir sultonlari Jaloloboddan Jelumgacha boʻlgan hududda hukmronlik qilgan. Yusufzay qabilasi bilan urush taxminan 20 yil davom etdi va Jahongiriyning ag'darilishi bilan yakunlandi. Mahalliy aholining aksariyati sharqdagi Hazara mintaqasiga qochib ketishgan, bu yerda ularning qabila nomi Svati butun mintaqaga berilgan.
Demografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vodiyning asosiy tili - pushtu tili . Vodiy aholisi millatiga koʻra, asosan, pushtunlar, kohistoniylar va gujjarlardir. Kalom viloyatida ham Chitral (Xovar) soʻzlovchilari bor.
Turizm
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saydu-Sharifdan 40 km shimoli-sharqda joylashgan Malam Jabbada mashhur chang'i kurorti bor.
Vaziriston urushi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yilda musulmon militsiyasi Svat mintaqasida Vaziriston urushida yangi front ochdi[3]. 2009-yil fevral oyida Shimoliy-G'arbiy chegara provinsiyasi hokimiyati (2010-yildan beri Xayber-Paxtunxva viloyati) Svat vodiysidagi radikal islomchilar bilan kelishuv tuzdi, unga koʻra islomchilar nazorati ostidagi hududda islom qonunlari (shariat) joriy etiladi. Shariatga zid barcha qonunlar bekor qilinadi. Bu chora Pokiston harbiylari va mahalliy islomiy isyonchilar oʻrtasida sulhga erishishi taxmin qilinmoqda[4].
Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ [1]"Pakistan troops seize radical cleric’s base: officials", Agence France Presse article, November 28, 2007, accessed same day
- ↑ In the Realm of Mullah Fazlullah(ingl.)
- ↑ В Пакистане зачищена от боевиков долина Сват
- ↑ Scharia-Recht gilt künftig im Nordwesten Pakistans(olm.)