[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Stadion

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Afinadagi Panatinaikos Stadioni atletik musobaqalar uchun moʻljallangan.

Stadion (yunoncha: stadion — musobaqalar oʻtkaziladigan joy) — asosiy sport maydoni tomoshabinlar uchun tribunalar, yugurish, sakrash yoʻlkalari, gimnastika va sport oʻyinlariga moʻljallangan maydonchalar, yordamchi bino va xonalarni uz ichiga olgan sport inshooti. Hozirgi zamonaviy Stadionlarning kichik oʻlchamdagi nusxasi Yunonistonning Olimpiya, Afina, Delfa va boshqa joylarida bunyod etilgan boʻlib, ular Olimpiada oʻyinlari hamda boshqa musobaqalarni oʻtkazishga moʻljallangan. Bu Stadionlar toʻgʻri toʻrtburchak yoki taqasimon arenali boʻlib, yonida tomoshabinlar uchun joy qilingan. Olimpiada oʻyinlarining tiklanishi (1896) koʻpgina mamlakatlarda yirik Stadionlar qurish uchun turtki boʻldi (1-Olimpiadani oʻtkazish maqsadida antik Afina Si taʼmirlandi). Qadimgi Stadionlardan farqli ravishda, hozirgi Stadionlar musobaqalar joyigina boʻlib qolmay, ularda sogʻlomlashtirish va har xil sport turlari boʻyicha oʻquvtrenirovka mashgʻulotlari ham oʻtkaziladi. 1950—60 yillardan usti yopiq Stadionlar qurish keng avj oldi. Mustaqillikka erishilgandan soʻng Oʻzbekistonda zamonaviy sport inshootlari, jumladan, Stadionlar qurilishiga eʼtibor kuchaydi. Hozir mamlakatda 350 ga yaqin Stadion bor (2004).

Stadion (yun. στάδιον — oʻlchov birligi) sport oʻyin va musobaqalari, konsertlar va boshqa voqealar oʻtkaziladigan joy boʻlib, tomoshabinlar yerlashadigan tuzilma bilan qisman yoki toʻliq oʻralgan boʻladi.[1]

Stadion atamasi qadimgi yunonchadan kelib, taxminan 180 metrlik uzunlik birligini anglatadi.