[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Seroprofilaktika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Seroprofilaktika (lotincha serum zardob va profilaktika) – yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida organizmga normal va immun zardoblar yuborish usuli hisoblanadi. Bunda 1—4 hafta davom etadigan passiv immunitet hosil boʻladi. Tibbiyot amaliyotida seroprofilaktika uchun gammaglobulin keng qoʻllanadi. Seroprofilaktika epidemik kasalliklar (mas, qizamiq, koʻkyoʻtal)ga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganlar, shikastlanganda (qoqsholning oldini olish uchun), hayvonlar tishlaganda (quturishning oldini olish uchun) va hokazoda oʻtkaziladi. Infeksion gepatitga qarshi kurashishda rejali seroprofilaktika olib boriladi (yana qarang Immunoprofilaktika, Immunoterapiya, Immun zardoblar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil