[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Serey Die

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sereso Geoffroy Gonzaroua Die (talaffuzi: Cerezo Geoffroy Gonzarois Die; 1984-yil 7-noyabrda Kot-d’lvuarda tugʻilgan) — Kot-d’Ivuarlik futbolchi, „Sion“ futbol klubi va Kot-d’Ivuar terma jamoasining yarim himoyachisi hisoblanadi. 2014-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Serey Dié
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sereso Geoffroy Gonzaroua Dié
Tavallud sanasi 7-noyabr 1984-yil (1984-11-07) (40 yosh)
Tavallud joyi Facobly, Kot-d’Ivuar
Boʻyi 1.79 m
Ampluasi Defensive midfielder
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998—2001 Centre Nationale des Sports de Haut Niveau
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001—2002 Volcan Junior
2002—2003 CO Korhogo
2003—2006 Stade d'Abidjan
2006—2007 EO Goulette et Kram
2007—2008 ES Sétif 11 (1)
2008—2012 Sion 115 (4)
2013—2015 Basel 43 (3)
2015—2016 Stuttgart 36 (1)
2016—2019 Basel 52 (3)
2019Neuchâtel Xamax (ijara) 12 (2)
Milliy terma jamoa
2013—2022 Kot-d’Ivuar 61 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 23-dekabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (26-yanvar uchun)

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serey Die faoliyatini mahalliy „Korhogo“ va „Stade Abidjan“ futbol klubilarida oʻynab boshlagan. 2007-yilda Serey Die Jazoirning „Sétif“ futbol klubiga oʻtgan va unda Arab Chempionlar Ligasida gʻolib chiqgan.

2013-yilning qishida Serey Die „Basel“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 10-fevral kuni sobiq jamoasi „Sion“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubida debyut qilgan[1]. 1-aprel kuni „Luzern“ futbol klubiga qarshi bahsda Serey Die „Basel“ safidagi ilk golini urgan[2].

2015-yil boshida u Germaniyaning „Stuttgart“ jamoasiga oʻtgan[3]. 14-fevral kuni „Hoffenheim“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Serey Die Bundesligada debyut qilgan[4]. 2016-yilning 13-fevralida „Hertha“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda gol urgan[5].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil 23-mart kuni Serey Die Kot-d’Ivuar terma jamoasi safida 2014-yil Jahon chempionati saralashida Gambiyaga qarshi o‘yinda debyut qilgan[6]. 2014-yilda u terma jamoaning Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga yoʻllanmasi uchun tarkibiga kiritilgan edi[7][8]. Turnirda Serey Die Yaponiya, Kolumbiya va Gretsiya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[9].

2015-yilda Serey Die Ekvatorial Gvineyadagi Afrika kubogi gʻolibi boʻlgan[10][11]. Turnirda u Gvineya, Kamerun, Kongo DR, Gana va Jazoir jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[12][13][14].

2017-yilda Serey Die ikkinchi marta Gabonda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etgan[15]. Turnirda u Togo, Kongo DR va Marokash jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[16]. Kongolik Serey Diega qarshi kechgan bahsda terma jamoadagi ilk golini urgan.

2019-yilning yozida Misrda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etgan. Namibiyaga qarshi uchinchi o‘yinda esa 58-daqiqada gol urgan va jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qozonishiga yordam bergan.




Jamoa Mamlakat Mavsum Oʻyin Gol
CO Korhogo  Urugvay 2002—2003 33 1
Stade d’Abidjan  Urugvay 2003—2006 10 0
ES Sétif  Jazoir 2007—2008 15 2
F. C. Sion  Shvetsiya 2008—2012 134 5
F. C. Basilea  Shvetsiya 2013—2015 43 3
VfB Stuttgart  Germaniya 2015—2016 38 1
F. C. Basilea  Shvetsiya 2016—2019 72 3
Neuchâtel Xamax FC  Shvetsiya 2019 12 2
F. C. Aarau  Shvetsiya 2019 10 0
Neuchâtel Xamax FC  Shvetsiya 2020 5 1
F. C. Sion  Shvetsiya 2020—2022 39 1
  1. „Базель VS. Сьон 3:0“ (ru). soccerway.com (2013-yil 10-fevral). 2014-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-aprel.
  2. „Люцерн VS. Базель 0:4“ (ru). soccerway.com (2013-yil 1-aprel). 2014-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-aprel.
  3. „VfB sign Geoffroy Serey Die“. vfb.de. VfB Stuttgart (2015-yil 2-fevral). 2015-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-fevral.
  4. „Хоффенхайм VS. Штутгарт 2:1“ (ru). soccerway.com (2015-yil 14-fevral). 2017-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-sentyabr.
  5. „Штутгарт VS. Герта 2:0“ (ru). soccerway.com (2016-yil 13-fevral). 2017-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-fevral.
  6. „Кот-д’Ивуар VS. Гмабия 3:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 23-mart). 2014-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-aprel.
  7. „Кот-д’Ивуар VS. Япония 2:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 15-iyun). 2015-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-sentyabr.
  8. „Колумбия VS. Кот-д’Ивуар 2:1“ (en). soccerway.com (2014—06—19). 2015-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-sentyabr.
  9. „Греция VS. Кот-д’Ивуар 2:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 24-iyun). 2014-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-sentyabr.
  10. „Кот-д’Ивуар VS. Гвинея 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 20-yanvar). 2015-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-sentyabr.
  11. „Камерун VS. Кот-д’Ивуар 0:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 28-yanvar). 2015-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-sentyabr.
  12. „Кот-д’Ивуар VS. Алжир 3:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 1-fevral). 2016-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-sentyabr.
  13. „Кот-д’Ивуар VS. Гана 0:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 8-fevral). 2015-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-sentyabr.
  14. „ДР Конго VS. Кот-д’Ивуар 1:3“ (en). soccerway.com (2015-yil 4-fevral). 2015-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-sentyabr.
  15. „Кот-д’Ивуар VS. ДР Конго 2:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 20-yanvar). 2016-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-sentyabr.
  16. „Кот-д’Ивуар VS. Того 0:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 16-yanvar). 2016-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-sentyabr.