Sergiy ota
Sergiy ota | |
---|---|
Отец Сергий | |
Asosiy maʼlumotlar | |
Janr | qissa |
Muallif | Lev Tolstoy |
Orginal tili | ruscha |
Yozilgan sana | 1898-yil |
Sergiy ota |
Sergiy ota – rus yozuvchisi Lev Tolstoy qalamiga mansub qissa. 1890—1898-yillar oraligʻida yozilgan va 1911-yilda nashr etilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu qissani yaratish gʻoyasi Tolstoyda 1889—1890-yillarda paydo boʻlgan. Asar Mariya Pavlovna Chexovaning shaxsiyati bilan bogʻliq.
1898-yil 12-iyun kuni Lev Nikolayevich oʻz kundaligiga shunday yozgan:
Toʻsatdan qissani yakunlashga qaror qildim[1].
1900-yil oktyabr oyida Tolstoy Maksim Gorkiy bilan uchrashganida, unga hikoyaning mazmunini aytib bergan. Gorkiy mazkur holatni quyidagicha xotirlagan:
…bayonning go‘zalligi, soddaligi va g‘oyasidan hayratda qolgan holda hikoyani tingladim[2].
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1840-yillar. Sankt-Peterburg jamiyatida hammani hayratda qoldiradigan voqea sodir boʻladi. Mavqeyi oshib borayotgan knyaz Stepan Kasatskiy grafinya Korotkova bilan nikoh toʻyi arafasida kutilmaganda nikohni toʻxtatadi. Isteʼfoga chiqib oʻz mulkini singlisiga beradi va monastirga joʻnab ketadi. Ammo knyazning oʻzi va magʻrur singlisi uchun bu ajablanarli holat emas edi.
Otasining oʻlimidan soʻng, Kasatskiy Pajeskiy korpusga (Rossiya imperiyasidagi elit harbiy oʻquv yurti) yuborilgan. Bola ajoyib qobiliyatlari, magʻrurligi va oʻzini sevishi bilan boshqalardan ajralib turardi. Lekin uning jizzakiligi bir necha marotaba faoliyatini barbod boʻlish arafasigacha olib kelgan. Korpusdagi xizmatini tugatganidan soʻng Kasatskiy gvardiyaga yuborilgan. Hurmattalabligi uni oʻz ustida qattiq ishlashga majbur qilgan. Masalan, fransuz tilidagi nutqida nuqsonlarni payqab, mazkur tilni oʻz ona tilidek oʻzlashtirib olgan. Umumiy bilimlarini oshirib, namunali ofitser, zoʻr raqqos va shaxmatchi boʻlib yetishgan. Yuqori jamiyatga qoʻshilish maqsadida oʻsha jamiyatdan boʻlgan grafinya Mariya Korotkovaga uylanishga qaror qiladi. Avvaliga ayol unga sovuq munosabatda boʻladi, keyinchalik esa uning gʻamxoʻrliklarini qabul qiladi. Ularning oʻrtasida muhabbat paydo boʻla boshlaydi va toʻy boʻlishi kutiladi. Kasatskiy Korotkova imperatorning sevgilisi boʻlganligini bilmasdi. Ayol buni tan olgach, Kasatskiy bunday haqorat va rejalarining barbod boʻlishiga chiday olmaydi. Bolalikdan shakllangan xristianlik eʼtiqodi bunga yoʻl qoʻymaydi. Shu sababli monastirga ketishga qaror qiladi.
Yolgʻizlikning oltinchi yilida, Maslenitsa bayramida qoʻshni shahardan kelgan bir guruh sayyohlar hujra yaqinidan oʻtadi. Ajrashgan xonimlardan biri Makovkina Sergiyni yoʻldan urishga qaror qiladi. Bu vasvasaga bazoʻr dosh bergan Sergiy bolta bilan barmogʻini kesib tashlaydi.
Ekranlashtirilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1918-yilda Yakov Protazanov qissa asosida ovozsiz badiiy film suratga olgan. Sergiy ota rolini Ivan Mozzuxin ijro etgan.
1945-yilda Sergiy ota[fr] fransuz filmi suratga olinib, filmga Lucien Ganier-Raymond[fr] rejissyorlik qilgan. Sergiy ota rolini Jacques Dumesnil[fr] ijro etgan.
1978-yilda hikoya Igor Talankin rejissyorligida qayta suratga olingan. Bosh rolni Sergey Bondarchuk ijro etgan.
1990-yilda I svet vo tme svetit (Italiya – Fransiya – Germaniya) nomli hikoya ekranlashtirilgan.
2013-yilda hikoya asosida rossiyalik rejissyor Sharofat Arabova tomonidan „Serj“ nomli qisqa metrajli film suratga olingan.
Qabul qilinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qissa pravoslav cherkovi tomonidan turlicha qabul qilingan. Sergiy otaning maʼnaviy inqirozi koʻplab oʻquvchilar uchun tushunish qiyin boʻlgan masalaga aylangan. Bunga asoslanib, bir tomon Lev Nikolayevich oqsoqollarni obroʻsizlantirish maqsadida „anti-hayot“ yaratganini daʼvo qilsa, ikkinchi taraf Tolstoyning hikoyasi Vizantiya-Rossiya agiografik anʼanalariga mos kelishini taʼkidlagan[3][4][5] .
Ammo shuni taʼkidlash kerakki, Tolstoyning diniy qarashlaridan farqli oʻlaroq, rus pravoslav cherkovi hech qachon uning badiiy asarlariga rasmiy baho bermagan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Там же. — Т. 53. — С. 197.
- ↑ М. Горький. Собрание сочинений, М., 1954 — 137-bet.
- ↑ Багдасаров Р. В. „Мистка русского православия. «Отец Сергий» как антитрадиция.“. — М.: Вече, 2011. — ISBN 978-5-9533-5078-5. 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-fevral.
- ↑ Водько Владислав. „Византийские корни повести Л. Н. Толстого «Отец Сергий»“. 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-fevral.
- ↑ Водько Владислав. „Византийские корни повести Л. Н. Толстого «Отец Сергий»“. 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-fevral.