Nasriddin Xoja Sa’d
Nasriddin Xoja Saʼd (Qutbul aqtob)
Nasriddin Xoja Saʼd Xojai Kalon 1531-yil Buxoroda tugʻilgan. U Xoja Islom Julboriyning oʻgʻili. Katta bobosining izdoshi boʻlsin deb unga Sad ismini qoʻyishgan. Maxdumi Aʼzam Dahbediy Nasriddin Xoja Saʼdga „Xojai Kalon“ unvonini bergan. Shundan soʻng u Xojai Kalon nomi bilan mashhur boʻlgan. Xojai Kalon oʻz otasidan shariat va tariqat ilmini oʻrgangan. Otasining vafotidan soʻng Xojai Kalon uning ishini davom ettirib, pir (murshid) boʻlgan. Shu asnoda Naqshbandiya tariqati rivojiga katta hissa qoʻshgan. Buxoro, Chorjoʻy, Qarshi, Turkiston hukmdorlari Nasriddin Xoja Saʼd maslahatlariga amal qilgan. Abdullaxon ham Nasriddin Xoja Saʼdni oʻz piri deb bilgan. 1568 yili Xoja Saʼd tashabbusi bilan Marv shahrida ariq qazilib shaharga suv chiqarilgan. Buxoro shahridagi Juybor mavzeida katta bogʻ, Garkushon madrasasi, Jondor tumanidagi Samonchuk qishlogʻidagi jomeʼ, Koson, Qarshi, Maradagi koʻplab obidalar. Xojai Kalonning mablagʻlarihisobiga qurilgan.
Qutbul aqtob Nasriddin Xoja Saʼd 57 yoshida, 1589 yili vafot etgan. Qabri Chor Bakrda joylashgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. -T.: 2015. 255