[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Muhsin Faxrizoda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhsin Faxrizoda
Tavalludi 1958-yil 21-mart
Eron Eron Qum shahri
Vafoti 2020-yil 27-noyabr
Absard shahri
Fuqaroligi Eron
Millati fors
Sohasi Yadro fizigi
Ish joylari Imom Husayn universiteti
Institutlar

Shahid Bexeshti universiteti

Isfahon universiteti
Mukofotlari Nasr medali [1]
Xizmat medali [2]
Dini Islom (shia)

Muhsin Faxrizoda forscha: محسن فخری زاده مهابادی; (1958-yilda Qum shahrida tugʻilgan[3], 2020-yil 27-noyabr kuni Tehron yaqinidagi Absard shahrida oʻldirilgan[4]) — Eron fizigi. Islom inqilobi gvardiyasi zobiti va Tehron shahridagi Imom Husayn universitetining fizika professori. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi maʼlumotlariga koʻra, Faxrizoda Eron Mudofaa vazirligi va Eron Qurolli Kuchlarining katta ilmiy xodimi va Jismoniy tadqiqotlar markazi (PHRC) rahbari boʻlgan. U ballistik raketalar uchun yadroviy kallakni yaratish boʻyicha „Amad loyihasi“ maxfiy dasturini boshqargan[5]. Shuningdek, u Islom inqilobi soqchilar korpusining katta zobiti boʻlgan[5]. Faxrizoda yadroviy qurol ishlab chiqaradigan SPND tadqiqot firmasini boshqargan. Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning qayd etishicha, Faxrizoda Tehron butun yadro loyihasining rahbari boʻlgan[6]. Olim „Eron bombasining otasi“ degan nom bilan shuhrat qozongan[6]. 2020-yil 27-noyabr kuni qurolli hujum natijasida halok boʻldi.

2020-yil 27-noyabr kuni Tehron yaqinidagi Absard shahrida suiqasd uyushtirilgan[7][8]. Fahrizoda Tehron yaqinidagi Abserd shahrida oʻzining Nissan Teana shaxsiy transportini haydab ketayotganda pistirmaga uchradi[9]. Odatda uchta zirhli mashinalar kolonnasi hamrohligida rafiqasi bilan oʻq oʻtkazmaydigan mashinada harakatlangan[10][11].Voqealar toʻgʻrisida juda koʻp qarama-qarshi va bir-biriga mos kelmaydigan maʼlumotlar mavjud[10]. Eron hukumati suiqasdda mujohidlar va Isroilni aybladi[12]. Dastlabki mish-mishlarda Faxrizoda Nissan yuk mashinasida boʻlib, u yogʻoch uyum ostida yashiringan portlovchi moddalarni olib ketayotgani haqida boʻlgan. U oldinga harakatlanib ketayotganida qurollangan shaxslar tomonidan mashinasiga qarata oʻt ochilgan; Fahrizoda qoʻriqchilari va hujumchilar oʻrtasida toʻqnashuv boshlandi[5]. Faxrizoda ogʻir jarohat oldi va shoshilinch ravishda kasalxonaga joʻnatildi. U yerda olgan jarohatlari tufayli vafot etgan[13].

2010-2012-yillarda toʻrtta Eron yadro mutaxassisi oʻldirilgan. Tehron ularning oʻlimida Isroilni aybladi, ammo bunga dalil yoʻq. Faxrizoda ham bir necha yil oldin amalga oshirilgan muvaffaqiyatsiz suiqasddan omon qolgan[5]. Eron razvedka xizmatlari yadroviy fizik Muhsin Faxrizoda oʻldirilishi mumkin, deb hisoblashgan. Ammo ular buni jiddiy qabul qilmagan[14].

Kuzatuvchilar Faxrizodaning oʻldirilishi Isroilning Jo Bayden Eron bilan muzokaralarni boshlashiga toʻsqinlik qilish niyati bilan bogʻliq boʻlishi mumkin deb hisoblaydi[5].

Soʻnggi maʻlumotlarga koʻra, suiqasdga dastlabki tayyorgarlik ishlari bilan shugʻullangan odam Qurolli kuchlar aʼzosi boʻlgan. Razvedka fizikka yaqinlashib kelayotgan suiqasd va uning qayerda sodir boʻlishini ham bilgan, ammo ularga vaqt nomaʼlum boʻlgan. Qotillikdan besh kun oldin vazirlik ushbu maʼlumotni tegishli idoralarga yetkazgan, ammo jinoyatning oldini ololmagan[6].

  1. اهدای نشان درجه یک نصر به شهید فخری‌زاده / تصاویر نشان نصر مزین به امضای رهبری (Wayback Machine saytida 23-dekabr 2020-yil sanasida arxivlangan) entekhab
  2. Who received badge of service in Iran anonymously? (Wayback Machine saytida 5-dekabr 2020-yil sanasida arxivlangan) Irna
  3. „Mohsen Fakhrizadeh: key figure in Iran's nuclear efforts who avoided limelight“. The Guardian. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
  4. „Iran: un scientifique spécialisé dans le domaine du nucléaire assassiné près de Téhéran (médias)“. i24News. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 „Убит "отец иранской бомбы". В Тегеране застрелили физика Фахризаде, которого считали главой ядерной программы“. BBC. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Эронлик ядрошунос олимнинг ўлимида ҳарбийнинг иштироки борлиги маълум қилинди“. Bugun.uz. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-fevral.
  7. „Head of Iranʼs nuclear weapons program is assassinated near Tehran“. The Times of Israil. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
  8. „Iranian nuclear scientist Fakhrizadeh dies in hospital after attack - state media“. Reuters. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
  9. „Live Updates: Iran’s Top Nuclear Scientist Killed in Attack, State Media Sa“. the New York Times. 2020-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
  10. 10,0 10,1 „Fakhrizadeh: Hit squads, car bombs and remote-controlled guns - analysis“. The Jerusalem Post. Qaraldi: 2020-yil 30-noyabr.
  11. „Top Iranian Nuclear Scientist Was Killed by Remote-controlled Machine Gun, Report Says“. Haaretz. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
  12. „Mohsen Fakhrizadeh: Iran scientist 'killed by remote-controlled weapon'“. BBC. Qaraldi: 2020-yil 30-noyabr.
  13. „Iran scientist linked to military nuclear program killed“. AP News. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
  14. „Спецслужбы Ирана предполагали, что физика-ядерщика попытаются убить“. Коммерсанть. Qaraldi: 2020-yil 30-noyabr.