Mirzo Tursunzoda
Mirzo Tursunzoda | |
---|---|
Asl ismi | Мирзо Турсунзода |
Tavalludi |
19-aprel 1911-yil |
Vafoti |
27-mart 1977-yil (65 yoshda) Dushanbe, Tojikiston |
Kasbi | adabiyot |
Ijod qilgan tillari | Tojik tili |
Fuqaroligi | Tojikiston |
Mirzo Tursunzoda [1911.19.4 (2.5), Tojikiston, Regar tumani, Qoratogʻ qishlogʻi — 1977.27.9, Dushanbe] — tojik shoiri va jamoat arbobi. Tojikiston xalq shoiri (1961). Mehnat Qahramoni (1967), Tojikiston Fanlar akademiyasi akademigi (1951). Tojik dramaturgiyasining asoschilaridan biri. Dastlab eski maktabda, keyinroq yangi usuldagi maktabda tahsil olgan. Toshkentdagi tojik pedagogika bilim yurtida oʻqigan (1930). "Komsomoli Tojikiston" gazetasida boʻlim mudiri, masʼul kotib, soʻngra Xoʻjand musiqali teatrida adabiy emakdosh.
1939-yillar Dehotiy bilan hamkorlikda yaratilgan "Xusrav va Shirin" sheʼriy dramasi, "Voseʼ qoʻzgʻoloni" opera librettosi tojik dramaturgiyasining dastlabki asarlaridan sanaladi. 30-yillarning 2-yarmida eʼlon qilingan "Mamlakat oftobi" (1936), "Xazon va bahor" (1937) dostonlari Tursunzodaga katta shuhrat keltirdi. "Dushanbe-Xorug' yoʻli quruvchilariga maktub", "Jonbaxsh suv" dostonlarida ulkan qurilishlar, ularda ishtirok etayotgan xalq jasorati sheʼriy manzaralar, yorqin harakterlar orqali koʻrsatiladi. Ikkinchi jahon urushi yillaridagi sheʼrlarida ("Xayr, aziz onajon", "Hech qachon!", "Kapitan xotirasi" va boshqalar), "Vatan farzandi" (1942) dostonida xalqlar doʻstligi, tojik xalqining urush maydonlari va mamlakat ichkarisidagi qahramonligi aks etgan. Folklor motivlari asosida "Tohir va Zuhra" musiqali dramasini yozgan (1943). "Hindiston qissasi" (1947), "Men ozod Sharqdanman" (1950) singari sheʼriy turkumlarga kirgan asarlar, "Hasan aravakash" (1954), "Osiyo ovozi" (1956) va boshqa dostonlari mashhur. M.Tursunzoda poeziyasi, realizmi, romantik koʻtarinkiligi, emotsionalligi va aforizmlarga boyligi bilan ajralib turadi.
Tursunzoda maʼlum vaqt Toshkentda yashagan va oʻqigan, Oʻzbekiston va oʻzbek xalqi hayoti haqida asarlar yozgan. Oybek, G'afur Gʻulom, Shayxzoda, Zulfiya, Mirtemir va boshqalar bilan ijodiy aloqada boʻlgan. Asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan. Neru (1968), Rudakiy (1970), Jamol Abdul Nosir (1972) mukofotlari laureati.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Men ozod Sharqdanman, T., 1959;
- Sheʼrlar va poema, T., 1969.
- Mirzo Tursunzoda. She'rlar. Odil Ikrom tarjimalari
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |