[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Mixail Mixutkin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mixail Andreyevich Mixutkin
Tavalludi 25-sentyabr 1923-yil
Rahmanovka, SSSR
Vafoti 20-dekabr 1968-yil(1968-12-20)
(45 yoshda)
Toshkent, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Unvoni katta serjant
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari

Mixail Andreyevich Mixutkin (1923-yil 25-sentyabr, Rahmanovka – 1968-yil 20-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR[1]) – Qizil Armiya katta serjanti, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1945).

1923-yil 26-sentyabrda Raxmanovka qishlogʻida (hozirgi Saratov viloyatining Pugachevskiy tumani) tugʻilgan. Maktabning yettinchi sinfini tamomlab, Chirchiq shahrida montajchi boʻlib ishladi. 1941-yilda Mixutkin Ishchi-Dehqon Qizil Armiyasi safiga chaqirildi. 1942-yildan Ulugʻ Vatan urushi frontlarida jang qildi[2].

1944-yil sentyabr oyida katta serjant Mixail Mixutkin 1-Boltiq dengizi 43-armiyasi 306-oʻqchi diviziyasining 935-oʻqchi polkida razvedkachi boʻlgan. Latviya SSR hududidagi janglarda qatnashgan. 1944-yil 19-sentyabrda Mixutkin Riga tumani Baldone qishlogʻi yaqinida nemis tanklarining qarshi hujumini qaytarishda ishtirok etdi va dushmanning ikkita tankini yoʻq qildi[2].

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi farmoni bilan „Nemis bosqinchilariga qarshi kurash frontida qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“ katta serjant Mixail Mixutkin Lenin ordeni, 9291-sonli Oltin Yuldiz medali va Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[2].

Urush tugagandan soʻng, Mixutkin nogironligi sababli demobilizatsiya qilindi. Umrining oxirida Toshkentda yashagan[3]. U 1968-yil 20-dekabrda toʻsatdan vafot etdi va Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn qilindi.

Shuningdek, u 3-darajali Qizil Yulduz va Shon-sharaf ordeni va bir qator medallar bilan taqdirlangan[2].

Rossiya Harbiy-tarixiy jamiyati tomonidan Mixutkin xotirasiga atab yodgorlik lavhasi u oʻqigan Rahmanov nomidagi oʻrta maktab binosiga oʻrnatilgan.

  • Герои Советского Союза — узбекистанцы. — Ташкент, 1984.
  • Джураев Т. Д. Верные сыны Родины. — Ташкент, 1964.
  • Казакова А. С. Ими гордится Родина. — Ташкент, 1961.
  1. „Михуткин Михаил Андреевич“. www.pamyat-naroda.ru. Qaraldi: 9-noyabr 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Mixail Mixutkin“ (ru). Герои страны.
  3. „МИХУТКИН МИХАИЛ АНДРЕЕВИЧ (Герой Советского...)“. www.tashkentpamyat.ru. Qaraldi: 9-noyabr 2023-yil.