[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Meropenem

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Meropenem — karbapenemlar guruhiga kiruvchi sintetik antibiotik. Vena ichiga yuborish uchun ishlatiladi.

Farmakologik taʼsiri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meropenem bir yoki bir nechta meropenemga sezgir patogenlar keltirib chiqaradigan bolalar va kattalardagi infektsiyalarni davolashda yakka oʻzi yoki boshqa mikroblarga qarshi vositalar bilan birgalikda samarali dori vositasi hisoblanadi.

Meropenem bakterial hujayra devorining sintezini ishdan chiqarishi tufayli bakteritsid taʼsirga ega. Bakterial hujayra devori orqali kirib borishning qulayligi, deyarli barcha beta-laktamazalarga yuqori darajadagi barqarorlik va penitsillinni bogʻlaydigan oqsillarga (PBP) sezilarli yaqinlik meropenemning aerob va anaerob bakteriyalarning keng spektriga nisbatan kuchli bakteritsid taʼsirini izohlaydi. Bakteritsid kontsentratsiyasi odatda MIC bilan bir xil. Meropenem sezuvchanlik testlarida barqarordir va bu testlar odatiy usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. In vitro sinovlar meropenem turli antibiotiklar bilan sinergik taʼsir koʻrsatishini koʻrsatadi. Meropenem in vitro va in vivo postantibiotik effektga ega ekanligi koʻrsatilgan.

Meropenemning in vitro antibakterial spektri deyarli barcha klinik ahamiyatga ega Gram-musbat va Gram-manfiy aerob va anaerob mikroorganizmlarni oʻz ichiga oladi.

Preparat aerob gram-musbat bakteriyalarga[1], aerob gramm-manfiy bakteriyalarga[2], anaerob bakteriyalarga[3] qarshi faoldir.

Stenotrophomonas maltophilia, Enterococcus faecium va metitsillinga chidamli stafilokokklar bu preparatga chidamli xisoblanadi.

Farmakokinetikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tarqalishi

Sogʻlom koʻngillilarga preparatning bir martalik dozasidan keyin 30 minut davomida yuborilishi 250 mg dozada taxminan 11 mkg / ml, 500 mg dozada 23 mkg / ml boʻlgan Cmax hosil boʻlishiga olib keladi. 1 g doza uchun esa 49 mkg / ml. Biroq, Cmax yoki AUC uchun qabul qilingan dozaga mutlaq farmakokinetik proporsional bogʻliqlik yoʻq. Bundan tashqari, 250 mg dan 2 g gacha boʻlgan dozalarda plazma klirensining 287 dan 205 ml/min gacha pasayishi kuzatiladi.Sogʻlom koʻngillilarda Meronemning bir martalik dozasini 5 minut davomida tomir ichiga bolus yuborish natijasida Cmax 500 mg doza uchun taxminan 52 mkg/ni tashkil qiladi. 112 mkg/ml — 1 g doza uchun. Plazma oqsillari bilan bogʻlanish taxminan 2 % ni tashkil qiladi. Meropenem koʻpchilik toʻqimalarga va tana suyuqliklariga, shu jumladan bakterial meningit bilan ogʻrigan bemorlarning orqa miya suyuqligiga yaxshi kirib boradi va koʻpchilik bakteriyalarni bostirish uchun zarur boʻlgan konsentratsiyadan oshib ketadi. 500 mg ni tomir ichiga yuborishdan 6 soat oʻtgach, meropenemning plazma darajasi 1 mkg / ml yoki undan kam darajaga tushadi. Buyrak funksiyasi normal boʻlgan bemorlarda 8 soatlik interval bilan takroriy dozalarda meropenemning kumulyatsiyasi kuzatilmaydi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Qabul qilingan dozaning taxminan 70 % siydik bilan 12 soat ichida oʻzgarmagan holda chiqariladi, undan keyin siydik bilan chiqarilishi ahamiyatsiz boʻladi. Siydikdagi meropenemning 10 mkg/ml dan yuqori konsentratsiyasi 500 mg dozadan keyin 5 soat davomida saqlanadi. Har 8 soatda 500 mg yoki har 6 soatda 1 g yuborish rejimlarida plazma va siydikda meropenemning toʻplanishi kuzatilmadi. Buyrak funksiyasi normal boʻlgan bemorlarda T1/2 taxminan 1 soatni tashkil qiladi. Meropenemning yagona metaboliti mikrobiologik jihatdan faol emas.

Maxsus klinik vaziyatlarda farmakokinetikasi

Bolalarda Meronemning farmakokinetik parametrlari kattalardagi kabi. 2 yoshgacha boʻlgan bolalarda meropenemning T1/2 si taxminan 1,5-2,3 soatni tashkil qiladi va chiziqli farmakokinetikasi 10-40 mg / kg doza oraligʻida kuzatiladi. Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda preparatning farmakokinetikasini oʻrganish meropenemning klirensi kreatinin klirensi bilan bogʻliqligini koʻrsatdi. Bunday bemorlarda dozani korreksiyalash kerak. Keksa bemorlarda oʻtkazilgan farmakokinetik tadqiqotlar meropenem klirensining pasayishini koʻrsatdi, bu yoshga bogʻliq boʻlgan kreatinin klirensining pasayishi bilan bogʻliq. Jigar kasalligi boʻlgan bemorlarda oʻtkazilgan farmakokinetik tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, jigar kasalligi meropenemning farmakokinetikasiga taʼsir qilmaydi.

Qoʻllashga koʻrsatmalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolalar va kattalardagi bir yoki bir nechta sezgir patogenlar keltirib chiqaradigan quyidagi jiddiy infeksiyalarni davolashda qoʻllanadi:

  • pnevmoniyalar (shu jumladan gospital pnevmoniya);
  • qorin boʻshligʻi infeksiyalari;
  • septitsemiya;
  • meningit;
  • ginekologik infeksiyalar (masalan, endometrit va tos aʼzolarining yalligʻlanish kasalliklari);
  • siydik tizimining infeksiyalari;
  • teri va yumshoq toʻqimalar infeksiyalari;
  • neytropeniya bilan bogʻliq febril epizodlari boʻlgan kattalardagi bakterial infeksiyaga shubha qilingan bemorlarda monoterapiya sifatida yoki antiviral yoki antifungal dorilar, aminoglikozidlar, sefalosporinlar yoki yarim sintetik penitsillinlar bilan birgalikda empirik terapiya.

Dozalash rejimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kattalar uchun dozalash rejimi va terapiya davomiyligi infeksiyaning turi va ogʻirligiga va bemorning ahvoliga qarab belgilanadi. Quyidagi kunlik dozalar tavsiya etiladi. Pnevmoniya, siydik chiqarish tizimi infeksiyalari, ginekologik infeksiyalar (endometrit va tos aʼzolarining yalligʻlanish kasalliklari), teri va yumshoq toʻqimalar infeksiyalarini davolashda — har 8 soatda 500 mg IV.Kasalxona ichidagi pnevmoniya, peritonit, neytropeniyali bemorlarda bakterial infeksiyaga shubha qilinganda, shuningdek septitsemiya — har 8 soatda 1 g vena ichiga yuboriladi. Meningitni davolashda — har 8 soatda 2 g v/i. Kreatinin klirensi 51 ml/min dan kam darajaga tushgan buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda dozani quyidagicha kamaytirish kerak.

Kreatinin klirensi (ml/min) Doza birligiga qarab doza (500 mg yoki 1 g yoki 2 g) Qabul qilish chastotasi
50-26 har 12 soatda bitta doza birligi
Har 12 soatda 25-10 yarim birlik doza
Har 24 soatda <10 yarim birlik doza

Meropenem gemodializ orqali yaxshi chiqib ketadi, shuning uchun agar davolanishni davom ettirish zarur boʻlsa, samarali plazma kontsentratsiyasini tiklash uchun gemodializ protsedurasi oxirida doza birligini (infeksiyaning turi va ogʻirligiga qarab) qoʻllash tavsiya etiladi. Peritoneal dializdan oʻtayotgan bemorlarda Meronemni qoʻllash tajribasi cheklangan. Jigar yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda dozani korreksiyalashning hojati yoʻq. Buyrak funksiyasi normal yoki CC 50 ml/min dan ortiq boʻlgan keksa bemorlarda dozani korreksiyalash talab etilmaydi. 3 oylikdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun tomir ichiga yuborish uchun tavsiya etilgan doza infeksiyaning turi va ogʻirligiga, patogenning sezgirligiga va bemorning ahvoliga qarab har 8 soatda 10-20 mg/kg ni tashkil qiladi. Ogʻirligi 50 kg dan ortiq boʻlgan bolalarda dozani kattalardagi kabi qoʻllash kerak. Meningit uchun tavsiya etilgan doz har 8 soatda 40 mg/kg ni tashkil qiladi.

Eritmani tayyorlash va yuborish qoidalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meronem kamida 5 daqiqa davomida tomir ichiga bolus inyeksiya shaklida yoki 15-30 daqiqa davomida tomir ichiga yuborilishi kerak. Vena ichiga bolus inyeksiyalari uchun Meronem 50 mg/ml eritma konsentratsiyasini taʼminlash uchun inyektsiya uchun steril suv (250 mg meropenem uchun 5 ml) bilan suyultirilishi kerak. Vena ichiga yuborish uchun Meronemni inyektsiya uchun steril suv yoki mos keladigan infuzion suyuqlik bilan suyultirish va keyin mos keladigan infuzion suyuqlik bilan (50-200 ml gacha) suyultirish kerak. Meronem quyidagi infuzion suyuqliklar bilan mos keladi: tomir ichiga yuborish uchun 0,9 % natriy xlorid; v/i infuziya uchun 5 % yoki 10 % glyukoza; 0,02 % natriy bikarbonat bilan v/i infuziya uchun 5 % glyukoza; v/i infuziya uchun 5 % glyukoza bilan 0,9 % natriy xlorid; v/i infuziya uchun 0,225 % natriy xlorid bilan 5 % glyukoza; v/i infuziya uchun 0,15 % kaliy xlorid bilan 5 % glyukoza; v/i infuzion uchun mannitol 2,5 % yoki 10 %. Meropenemni boshqa preparatlarni oʻz ichiga olgan eritmalar bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Ishlatishdan oldin suyultirilgan eritmani silkiting. Barcha flakonlar bir martalik ishlatiladi. Meronem standart aseptsiya qoidalaridan foydalangan holda tayyorlanishi kerak.

Nojoʻya taʼsirlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eng koʻp uchraydigan nojoʻya taʼsirlar: diareya (4,8 %), koʻngil aynishi va qusish (3,6 %), inyektsiya joyida yalligʻlanish (2,4 %), bosh ogʻrigʻi (2,3 %), toshma (1,9 %) va tromboflebit[4] (0,9 %).[4]. Ushbu nojoʻya taʼsirlarning aksariyati allaqachon koʻplab dori-darmonlarni, shu jumladan vankomitsinni[5] qabul qilgan ogʻir kasal odamlarni davolashda kuzatilgan. Bir tadqiqot shuni koʻrsatdiki, spora hosil qiluvchi anaerob mikrob Clostridium difficile bilan bogʻliq boʻlgan psevdomembranoz kolit meropenem bilan davolangan bemorlarning 3,6 foizida uchraydi. Meropenem, imipenem bilan solishtirganda, talvasa rivojlanish ehtimolini ham kamaytiradi. Ogʻir gipokalemiya keltirib chiqargan xolatlar haqida bir necha habarlar mavjud.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Preparatga yuqori sezuvchanlik.

Homiladorlik va laktatsiya

Homiladorlik davrida Meronemning klinik havfsizligi aniqlanmagan. Hayvonlarda oʻtkazilgan eksperimental tadqiqotlar rivojlanayotgan homilaga hech qanday salbiy taʼsir koʻrsatmadi. Meropenemni homiladorlik davrida qoʻllash mumkin emas, agar ona uchun potentsial foyda homila uchun potentsial havfni oqlamasa. Har bir holatda preparatni bevosita shifokor nazorati ostida qoʻllash kerak. Meropenem hayvonlarning ona sutida juda past konsentratsiyalarda uchraydi. Meropenemni laktatsiya davrida (emizish) ishlatmaslik kerak, agar potentsial foyda chaqaloq uchun potentsial havfni oqlamasa.

  1. Bacillus spp.,
  2. Achromobacter xylosoxidans, Acinetobacter anitratus, Acinetobacter lwoffii, Acinetobacter baumannii, Aeromonas hydrophila, Aeromonas sorbria, Aeromonas caviae, Alcaligenes faecalis, Bordetella bronchiseptica, Brucella melitensis, Campylobacter coli, Campylobacter jejuni, Citrobacter freundii, Citrobacter diversus, Citrobacter koseri, Citrobacter amalonaticus, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans, Enterobacter cloacae, Enterobacter sakazakii, Escherichia coli, Escherichia hermannii, Gardnerella vaginalis, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Haemophilus ducreyi, Helicobacter pylori, Neisseria meningitidis, Neisseria gonorrhoeae, Hafnia alvei, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella aerogenes, Klebsiella ozaenae, Klebsiella oxytoca, Moraxella catarrhalis, Morganella morgannii, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Proteus penneri, Providencia rettgeri, Providencia stuartii, Providencia alcalifaciens, Pasteurella multocida, Plesiomonas shigelloides, Pseudomonas aeruginosa, Pseudomonas putida, Pseudomonas alcaligenes, Pseudomonas cepacia, Pseudomonas fluorescens, Pseudomonas stutzeri, Pseudomonas pseudomallei, Pseudomonas acidovorans, Salmonella spp., включая Salmonella enteritidis, Salmonella typhi, Serratia marcescens, Serratia liquefaciens, Serratia rubidaea, Shigella sonnei, Shigella flexneri, Shigella boydii, Shigella dysenteriae, Vibrio cholerae, Vibrio parahaemolyticus, Vibrio vulnificus, Yersinia enterocolitica.
  3. Actinomyces odontolyticus, Actinomyces meyeri, Bacteroides spp. (v chastnosti, Bacteroides fragilis, Bacteroides vulgatus, Bacteroides variabilis, Bacteroides pneumosintes, Bacteroides coagulans, Bacteroides uniformis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides eggerthii, Bacteroides capsillosis, Prevotella buccalis, Prevotella corporis, Bacteroides gracilis), Prevotella spp., Prevotella melaninogenica, Prevotella intermedia, Prevotella bivia, Prevotella splanchnicus, Prevotella oralis, Prevotella disiens, Prevotella rumenicola, Prevotella ureolyticus, Prevotella oris, Prevotella buccae, Prevotella denticola, Prevotella levii), Porphyromonas spp. (v chastnosti, Porphyromonas asaccharolyticus), Bifidobacterium spp., Bilophilia wadsworthia, Clostridium perfringens, Clostridium bifermentans, Clostridium ramosum, Clostridium sporogenes, Clostridium cadaveris, Clostridium sordellii, Clostridium butyricum, Clostridium clostridiiformis, Clostridium innocuum, Clostridium subterminale, Clostridium tertium, Eubacterium lentum, Eubacterium aerofaciens, Fusobacterium mortiferum, Fusobacterium necrophorum, Fusobacterium nucleatum, Fusobacterium varium, Mobiluncus curtisii, Mobiluncus mulieris, Peptostreptococcus anaerobius, Peptostreptococcus micros, Peptostreptococcus saccharolyticus, Peptococcus saccharolyticus, Peptococcus asaccharolyticus, Peptostreptococcus magnus, Peptostreptococcus prevotii, Propionibacterium acnes, Propionibacterium avidium, Propionibacterium granulosum.
  4. 4,0 4,1 Mosby's Drug Consult 2006, 16, Andoza:Нп3, 2006. 
  5. „Review of Meropenem side effects — eHealthMe.com“. 2013-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-iyun.