[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Mehnat kodeksi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mehnat kodeksi — mehnat haqidagi qonunlarining muayyan tizimga solingan majmui. U mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjati hisoblanadi. Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Amaliyotda mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda boshqa normativ hujjatlar, ayrim hollarda Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va xalqaro shartnomalarning qoidalari ham qoʻllanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy normalar va standartlarga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining MK 1995-yil 21 dekabrda qabul qilinib, 1996-yil 1-apreldan amalga kiritilgan. 2 qism: umumiy va maxsus qism, 16 bob va 294 moddadan iborat. Umumiy qismda mehnat qonunchiligining umumiy qoidalari, mehnat sohasidagi davlat boshqaruvi, mehnat haqidagi qonun hujjatlarining qoʻllanish doirasi, mehnatga oid munosabatlarning subʼyektlar, ularning huquq va burchlari, xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi, jamoa shartnomalari va kelishuvlari bayon etilgan. MKning maxsus qismi ishga joylashtirish; mehnat shartnomasi (kontrakt); ish vaqti; dam olish vaqti; mehnatga haq toʻlash; kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari; mehnat institutizomi; mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi; mehnatni mu-hofaza qilish; ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qoʻshimcha kafolat va imtiyozlar; mehnat nizolari; davlat ijtimoiy sugʻurtasi masalalarini oʻz ichiga oladi.

MKning asosiy vazifasi xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini eʼtiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali ishlashiga, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va sogʻligʻi himoya qilinishini taʼminlashga, mehnat unumdorligining oʻsishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga koʻmaklashadi.

Oʻzgartirishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil Mehnat kodeksining 113-moddasiga oʻzgartirish kiritildi. Unga koʻra karantinli va yuqumli kasalliklar tahdidi boʻlganida xodim (agar qarshi koʻrsatma mavjud boʻlmasa) emlanishdan bosh tortsa ish beruvchi xodimni ishga qoʻymaslikka haqli[1].