Mary Gu
Mary Gu Mariya Vyacheslavovna Gusarova | |
---|---|
Tavalludi |
17-avgust 1993-yil Poxvistnevo, Samara viloyati, Rossiya |
Janrlar | pop musiqa |
Kasbi | xonanda, kompozitor, shoira |
Faoliyat yillari | 2018-yildan to hozirgi kungacha |
Fuqaroligi | Rossiya |
Veb-sayt | marygu.ru |
Mariya Vyacheslavovna Gusarova (turmushga chiqqandan keyin Bogoyavlenskaya; 1993-yil 17-avgust, Poxvistnevo, Samara viloyati, Rossiya) — Mary Gu (ruscha: Мэри Гу) nomi bilan taniqli rossiyalik qoʻshiqchi, shoira va bloger[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mariya Gusarova 1993-yil 17-avgustda Samara viloyatining Poxvistnevo shahrida tugʻilgan[1]. Otasiz oʻsgan. Uning onasi 23 yoshida giyohvand boʻlib qoladi va hatto qizini giyohvand moddalar sotadigan joylarga olib borgan.Mashaning musiqiy isteʼdodi 4 yoki 5 yoshida paydo boʻladi[2]. Oʻzining soʻzlariga koʻra, musiqaga qiziqish Celine Dionning Titanik filmidagi qoʻshigʻidan boshlangan. Dastlab pianino oʻrganish uchun musiqa maktabiga boradi, keyin esa pop-jazz vokaliga borgan. Mariya 11 yoshga toʻlganda, onasi giyohvand moddalarni saqlaganlik va sotganligi uchun qamoqqa hukm qilinadi. Qizni buvisi oʻz qaramogʻiga oladi. Onasi keyingi 18 yilni turmada oʻtkazadi va vaqti-vaqti bilan qisqa muddatlarga ozod qilingan. Maktabni tugatgandan soʻng Masha Samaraga koʻchib oʻtadi[3], u yerda Samara davlat madaniyat institutiga oʻqishga kirdi[4][3], 4 yildan soʻng uni tugatadi[3]. Mary Gu nomii ostida mashhur qoʻshiqlarning kaverlarini Internetga joylashtirib, bu orqali maʼlum darajada mashhurlikka erishadi[4]. Bundan tashqari, oʻzining qoʻshiqlarini ham kuylab, internetga joylagan[4]. Mariya Golos telekoʻrsatuvining tinglovlarida qatnashgan, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchragan[5][4]. Mariya LSPning „Bezumiye“ qoʻshigʻiga kuylagan kaveri orqali kengroq tanila boshlandi. 2017-yil boshida Sankt-Peterburgga koʻchib oʻtdi. 2018-yilda Mariya „Grustniy motiv“ deb nomlangan debyut mini-albomini chiqaradi va albom 4 ta qoʻshiqdan: „Grustniy motiv“, „Dikaya“, „Zdravstvuy“, „Ya melodiya“[3] iborat boʻlgan. Oʻsha yilning 27-sentyabrida Mary Guning „Ay-Petri“ debyut singli chiqdi. Mariya ushbu qoʻshiqni qoʻshiqchi Seryoja Dragni bilan birga yozgan va ijro etgan[3]. 2020-yil mart oyida Mariya Warner Music Russia leyblida oʻzining „Disney“ debyut albomini chiqaradi. Bosh qoʻshiq uchun videoklip suratga olinadi. 2021-yilda „Ne vlyublyaysya“ singli platina statusini oldi[6].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yil avgust oyida musiqachi va bloger hamda PR menejeri Dmitriy Bogoyavlenskiyga turmushga chiqadi[7]. 2022-yil 29-aprelda ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida er-xotin ajrashish qarorini eʼlon qilishadi, biroq ular doʻstona va ish munosabatlarini saqlab qolishganini maʼlum qilishadi. 2021-yil dekabr oyida xonanda va uning prodyuseri turli yillarda Qrimga tashrif buyurgani uchun 3 yilga Ukrainaga kirish taqiqlangan[8].
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Studiya albomi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nom | Tafsilotlar |
---|---|
„Disney“ |
|
Mini albomlari (EP)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ism | Tafsilotlar |
---|---|
„Grustniy motiv“ |
|
„Xorosheye i ploxoye“[11] |
|
„Ploxoye i xorosheye“[13] |
|
Televideniyada
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2021-yil 17-apreldan boshlab TNT Music telekanalida „Russkiy chart“ boshlovchisi[15]
- 2022-yil 25-fevraldan boshlab Muz-TVda „Russkiy chart“ boshlovchisi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Биография Mary Gu“ (ru). 7Дней.ру. «Издательство Семь Дней». 2020-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-noyabr.
- ↑ „Мария Гусарова: Хип-хоп стал культурой номер один в России“. МИР24 (2017-yil 20-oktyabr). 2020-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Mary Gu | konsert Rostov na Donu 24.04.2021 kupit bilet nochnoy klub Med“. 2021-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 „15 кумиров молодежи: кто такие Катя Кищук, Моргенштерн, Instasamka и почему подростки сходят с ума по их музыке“. СПЛЕТНИК (2020-yil 10-may). — „Параллельно девушка под псевдонимом Mary Gu продолжала публиковать на YouTube как каверы, так и собственные композиции.“. 2021-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-noyabr.
- ↑ „Mary Gu“. «Новое Радио» 98,4 FM. 2020-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-noyabr.
- ↑ singl „Ne vlyublyaysya“ za neskolko mesyatsev stal.. | Mary Gu | VK
- ↑ „«Идеальная пара»: Певица Мэри Гу впервые за долгое время выложила фото с мужем“. МУЗ ТВ (2020-yil 11-avgust). 2020-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
- ↑ „Украинская погранслужба запретила въезд российской певице“ (ru). Lenta.RU. 2021-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-dekabr.
- ↑ „Дисней by Mary Gu on Apple Music“. Apple Music (2020-yil 12-mart). Qaraldi: 2020-yil 23-noyabr.
- ↑ „Дисней by Mary Gu on Apple Music“. Apple Music (2018-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 23-noyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Рецензия: Mary Gu — «Хорошее и плохое»“. 2021-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
- ↑ „Альбом «хорошее и плохое - EP» (Mary Gu)“ (ru). 2022-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-mart.
- ↑ „Рецензия: Mary Gu — «Плохое и хорошее»“. 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-may.
- ↑ „Альбом «плохое и хорошее - EP» (Mary Gu)“ (ru). 2021-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-aprel.
- ↑ „MARY GU стала ведущей РУССКОГО ЧАРТА на канале ТНТ MUSIC • ТНТ MUSIC — Здесь твоя музыка“. 2021-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-mart.