[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Manzilgoh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Manzilgoh — 1) ibtidoiy jami-yatda urugʻ jamoalarining vaqtincha turar joyi, maskani; 2) serqatnov va katta yul ustida qurilgan, toʻxtab oʻtishga moʻljallangan joy, manzil. Manzilgohlarda yoʻlovchilar ichimlik, oziq-ovqat bilan taʼminlangan, hordiq chiqarish uchun maxsus xonalarga joylashtirilgan. Baʼzi manzilgohlarda karvonsaroylar, maʼlum darajada mustahkamlangan rabotlar bunyod etilgan. Masalan, Toshkent va Samarqand oraligʻidagi yoʻl ustida bir qancha manzilgohlar (Zangiota, Qovunchi va hokazo) mavjud boʻlgan. Vaqt oʻtishi natijasida keyinchalik ayrim manzilgohlar oʻrnida shaharlar tarkib topdi. Manzilgohlar koʻchmanchi hamda oʻtroq xalqdar uchrashadigan, ular oʻrtasidagi iqtisodiy, madaniy aloqalar oʻrnatiladigan joy sifatida ham muhim ahamiyat kasb etgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil