[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Maler Gustav

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

MALER (Mahler) Gustav (1860.7.7, Kalishte, Chexiya — 1911.18.5, Vena) — avstriya kompozitori va dirijyor, soʻnggi romantizmning yirik vakili. Vena konservatoriyasi (1875—78) va universiteti (1878—80)da taʼlim olgan. Dirijyorlik faoliyatini 1880-yildan boshlab, Yevropaning turli opera teatrlari (Praga, Leypsig, Budapesht, Gamburg va boshqalar)da ishlagan. 1897—1907-yillar Vena saroy operasiga rahbarlik qilib, uni jahon opera sanʼati markaziga aylantirdi. R. Vagner, V. Motsart, L. Betxoven, P. Chaykovskiy, B. Smetana va boshqa kompozitorlarning operalarini yuksak darajada sahnalashtirgan. Shuningdek, simfonik dirijyor sifatida ham tanilib, koʻp mamlakatlarda gastrolda boʻlgan. Umrining oxirida (1908—11) "Metropoliten-onepa"ra, Nyu-York filarmonik or-kestriga rahbarlik qilgan. M. — simfonik musiqaning Betxovensln ke-yingi eng yirik namoyandasi. U 1888— 1910-yillarda yaratgan 10 ta monumental simfoniyasida keng koʻlamli falsafiy konsepsiyalarga gumanistik talqin berishga erishgan. Cholgʻu musiqa bilan cheklanmay 2—4-, 8- simfoniyalari va "Yer haqida qoʻshiq" simfoniyakantatasida turli mamlakat (jumladan, 8— 9-asr Xitoy) shoirlari ijodiga murojaat qilgan. M. ijodi (ovoz va orkestr uchun bir qancha vokal turkumlari, qoʻshiqlari) 20-asr dramatik simfonizmi (D. Shostakovich, A. Onegger asarlari), musiqiy ekspressionizm namoyandalari (A. Shyonberg, A. Vebern va boshqalar) ijodiga taʼsir oʻtkazgan. Venada M. jamiyati faoliyat koʻrsatmoqda (1955-yildan).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil