[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Mafiya (oʻyin)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mafiya oʻyini - bir guruh insonlar tomonidan oʻynaladigan, detektiv syujetli, psixologik oʻyin. Oʻyin bir necha rollardan tashkil topgan boʻlib har bir ishtirokchi oʻziga berilgan maxsus rol bilan ishtirok etadi.

Oʻyin syujeti: Shaharda tarqalgan Mafiya guruhi aʼzolarini shahar aholisi tomonidan qamoqqa olish, yoki soʻngi mafiya guruhi aʼzosi oʻyindan chiqib ketgunicha davom etadi.

Oʻyin 1986-yil bahorida Moskva davlat universitetining psixologiya fakultetining Kamensk-uralskiyda tavallud topgan talabasi Dmitriy Davidov tomonidan yaratilgan[1][2][3][4][5]. Avvaliga oʻyin Moskva davlat universitetining yotoqxonalari, oʻquv xonalari va koridorlarida boshlangan. Baʼzi universitet talabalari aspiranturadan keyingi kasbiy taʼlim olish uchun chet elga ketganlaridan soʻng, oʻyin butun Yevropaga, keyin esa dunyoning boshqa hududlariga tarqala boshladi. Masalan, „Mafiya“ oʻyinining Amerika Qoʻshma Shtatlarida birinchi paydo boʻlishi 1989-yilga toʻgʻri keladi[6].