[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Madera

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Madera — uzumdan tayyorlanadigan oʻziga xos xushtaʼm kuchli vino. M. tayyorlash uchun dub bochkalarda saqlanadigan vino materiallariga muayyan davr davomida havo berib yoki germetik rezervuarlarda kislorodni meʼyorlash bilan issiq joyda ishlov beriladi (maderizatsiya). M. vino zavodlarida maxsus kurilmalarda tayyorlanadi. Vino maxsus xona (madernik)larga yoki quyosh nuri bilan isitiladigan oynavand kameralarga joylashtiriladigan bochkalarda bir yoki bir necha mavsum saqlanadi.

Oddiy M. uchun vino materiallar maderizatsiyasi 60—65°da 3 oygacha, oʻrtacha sifatlisi uchun 45—50°da 4—4,5 oy, eng yaxshi sifatlisi uchun 40—45°da kamida 6 oy davom etadi. Markali M. bochka yoki shishalarda yana 2—4, baʼzan 3 yil saqlanadi. M. vatani—Atlantika okeanidagi Portugaliyaga tegishli Madeyra o.hisoblanadi (vino nomi shundan). Bu orolda vino bundan 5-asr muqaddam vinobop uzum navlari (sersial, malvaziya)dan tayyorlangan. MDHda M.ning 2 turi — spirt hajm hissasi 19—19,5% va qand konsentratsiyasi 3—6 g/100 sm3 boʻlgan kuchli M. va spirt boʻyicha 18% hajm va qand boʻyicha 1,5 g/100 sm1 boʻlgan kuchsiz M. ishlab chiqariladi. M. vinolari Ukraina (Qrim M.si, Massandra M.si), Rossiya (Don M.si, Kuban M.si), Turkmenistan (Ko-petdogʻ M.si)da aligote, rkatselli, sersial va boshqa uzum navlaridan tayyorlanadi.

Olimjon Alimov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil