[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Morj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Morj (Odobenus rosmarus) — kurakoyoqlilar turkumiga mansub sut emizuvchi. 3 ta kenja turni xosil qiladi. Uzunligi 410 sm gacha, vazni 2000 kg gacha. Boshi oldingi tomondan toʻmtoq; tumshugʻining 2 yonida 300–350 tadan vibrissalar (tuygʻu qillari) bor. Quloq suprasi va dumi boʻlmaydi. Yuqori jagʻidan chiqib, pastga osilib turadigan yirtqich tishlarining uzunligi 60–80 sm. Urgʻochisida ingichka va kaltaroq bo'ladi. Terisi qalin, juda koʻp burmalardan iborat. Morj yaxshi koʻrmaydi, lekin qidni tez sezadi. Quruqlikda orqa oyoqlarini gavdasining ostiga bukib, harakatlanadi. Suv muhitiga moslashishi tufayli juni juda siyraklashgan; yangi tugʻilgan bolalarining juni qalin va uzun. Morj Shimoliy Muz okeani soxillari va qutb orollarida, jumladan, Bering, Chukot, Sharqiy Sibir, Laptev, qisman Barens dengizida tarqalgan. Asosan, suv tubidagi mollyuskalar bilan oziqlanadi. Muz ustiga chiqib bolalaydi. Boʻgʻozlik davri 1 yilga yaqin; bolasini 2 yilgacha emizadi. Soni kamayib ketganligi tufayli faqat mahalliy aholiga ovlash ruxsat etilgan. Xalqaro va milliy Qizil kitoblarga kiritilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil