[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Mnemonika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oydagi kunlar sonini barmoqlarda eslab qolish uchun mnemonik usul

Mnemonika (qadimgi yunoncha: μνημονικόν – eslab qolish sanʼati) — sunʼiy assotsiatsiyalar hosil qilish yoʻli bilan esda olib qolishni osonlashtiruvchi va xotira hajmini kengaytiruvchi usullar tizimi. Bu yunon mifologiyasidagi xotira maʼbudasi nomi – Mnemosyne bilan bogʻliq.

Baʼzi mnemonistlar oʻzlashtirishda har xil sunʼiy usullarni qoʻllashga oʻrganganligi tufayli katta hajmdagi, hatto maʼnosiz materialni tez esda olib qolish qobiliyatiga erishadilar. Lekin xotira samaradorligini tub maʼnoda oshirish uchun sunʼiy usullardan foydalanish ikkinchi darajali hamda yordamchi boʻlib hisoblanadi. Umuman, mexanik ravishda yod olishga qaraganda maʼnosini tushunib yod olish maʼqul va samarali usuldir[1].

Oʻzbekistonda mnemonika

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston mnemosport federatsiyasi tashkil topgandan keyin uning prezidenti Davron Turdiyev va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2022-yilda Samarqand shahrida „Al Buxoriy“ nomidagi xalqaro musobaqa tashkil etilgan[2]. Unda Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonning barcha hududlaridan kelgan 82 nafar ishtirokchi gʻoliblik uchun kurashgan[3].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Yurtimizda ilk marotaba Mnemonika bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazilmoqda“ (20-noyabr, 2022-yil.). 2024-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar, 2024-yil..
  3. „Kuchli xotira egalari aniqlandi“ (18-dekabr, 2022-yil.). Qaraldi: 15-yanvar, 2024-yil..