[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Likyor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bénédictine — anʼanaviy fransuz oʻsimliklar likyori.
Licor Beirão — anʼanaviy portugal ziravorlar likyori

Likyor (fransuzcha: liqueur, lotincha: liquor — suyuqlik) — kuchli spirtli ichimlik. Tarkibida 20% dan 35% gacha qand, 45% gacha (hajmiga nisbatan) spirt boʻladi. Dastlab, Gollandiyada paydo boʻlgan. Qadimgi xushboʻy likyor tayyorlash retseptlarini turli mamlakatlarda monaxlar va aptekarlar turli shifobaxsh oʻtlar, ildizlar, oʻsimlik gullari va mevalaridan tayyorlashgan. Uni tayyorlash usullari sir saqlangan. Kuchli desert va kremli likyorlar bor. Likyor tayyorlash uchun tarkibida qandi koʻp (24—26%) boʻlgan uzum navlari ishlatiladi, qandi kam boʻlganiga esa konsentrlangan uzum sharbati qoʻshiladi. Likyor mevalarning spirtlangan sharbatidan, xushboʻy oʻtlar, ildizlar, urugʻlar, barglar, gullar, sitrus mevalarining poʻstloqlari, dukkaklar (kofe, kakao), dorivorlar (dolchin va boshqalar), efir moylarining spirtdagi eritmalari va boshqalardan ham tayyorlanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil