[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Leslie Uggams

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Leslie Uggams
Tavalludi
Leslie Marian Uggams

5-may 1943-yil (1943-05-05) (81 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi aktrisa, boshlovchi, qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 1950-yildan
Turmush oʻrtogʻi Grahame Pratt

Leslie Uggams (talaffuzi: Lesli Aggams, 1943-yil 25-may) – Emmy va Tony mukofotlariga sazovor boʻlgan amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi, Brodvey musiqiy filmlarida ishtirok etish orqali katta muvaffaqiyatiga erishgan. Leslie 1977-yilda „Roots“ mini-serialidagi Kizzy Reynolds roli bilan ham mashhur boʻlgan boʻlib, bu roli tufayli Emmy va Oltin globus mukofotlariga sazovor boʻlgan.

Leslie Uggams Nyu-York shahrida tugʻilgan va Juilliard maktabida oʻqigan. 20-asr 50-yillaring mashhur qoʻshiqchisi Hill Jonesning qizi boʻlib, Leslie oʻz faoliyatini bolaligidayoq televideniyedagi rollari orqali boshlagan[1].

1968-yilda Uggams Hallelujah, Baby musiqiy filmidagi roli uchun eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida Tony mukofotini qoʻlga kiritgan[2]. Keyingi yili aktrisa oʻzining shaxsiy teleshovusiga ega boʻlib, milliy televideniyedagi birinchi afro-amerikalik ayol boshlovchiga aylandi[3]. 20-asr 70-yillarida oʻzining aktrisalik faoliyatiga eʼtibor qaratdi va „Skyjacked“ (1972), „Black Girl“ (1972) va „Poor Pretty Eddie“ (1975) filmlarida suratga tushdi.

Leslie Uggamsning faoliyatidagi eng katta muvaffaqiyati 1977-yildagi "Roots " mini-serialidagi Kizzy bosh roli boʻlgan, serial tanqidchilar va tomoshabinlar orasida katta muvaffaqiyatiga erishgan va televideniye tarixidagi eng koʻp koʻrilgan uchta seriallardan biri hisoblanadi[4]. Bu rol aktrisaga miniserial yoki filmdagi eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida Emmy mukofoti hamda drama janridagi eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida Oltin globus mukofotini qoʻlga kiritishga sabab boʻlgan[5]. Ikki yil oʻtgach, aktrisa yana bir Backstairs at the White House yirik mini-serialida rol oʻynagan[1].

XX asr saksoninchi yillaridan boshlab Uggams teatrda ishlashni afzal koʻrib, nomuntazam ravishda kino va seriallarda rol oʻynagan. 2001-yilda King Hedley II[2] filmidagi roli uchun yana bir bor Tony mukofotini oldi. 1983-yilda oʻzining boshqa shaxsiy shousi boshlovchisi sifatida Emmy mukofotini qoʻlga kiritdi[5].

2016-yilda Uggams Deadpool filmidagi roli bilan kinoga qaytdi. Keyinchalik, aktirisa Empire serialida Luciousning goʻyoki vafot etgan onasi rolini oʻynashga taklif qilingan[6].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1965-yilda oʻzining menejeri Grahame Prattga turmushga chiqgan[7][8].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nomi Roli
1962 Two Weeks in Another Town Chanteuse
1972 Skyjacked Lovejoy Wells
Black Girl Netta
1975 Poor Pretty Eddie Elizabeth 'Liz' Wetherly
1993 Sugar Hill Doris Holly
2009 Toe to Toe Grandma
2014 Just the Three of Us Regina
2016 Deadpool Blind Al
2018 Deadpool 2 Blind Al
2021 The Ravine Joanna
2022 Nanny Kathleen
Dotty & Soul Dotty
2023 American Fiction Agnes Ellison
2024 Deadpool & Wolverine Blind Al

Teleseriallari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nomi Roli
1966 Hullabaloo Herself
1966 The Girl from U.N.C.L.E. Natasha Brimstone
1967 I Spy Tonia
1969 The Leslie Uggams Show Herself
1970 Swing Out, Sweet Land Saloon Singer
1972 The Mod Squad Dina Lane
1974 Marcus Welby, M.D. Laurie Williams
1977 Roots Kizzy Reynolds
1979 Backstairs at the White House Lillian Rogers Parks
1981 Sizzle Vonda
1982–1984 Fantasy Host
1984 Magnum, P.I. Alexis Carter
1987 Hotel Amanda Price
1981–1987 The Love Boat Callie Reason, Leslie Uggams, Marion Blake
1991 The Cosby Show Kris Temple
1993 A Different World Dr. Eileen Redding
1995 Under One Roof Geneva
1996 All My Children Rose Keefer
2011 Memphis Beat Estelle
2011 The Good Wife Suzanne Packer
2015 Nurse Jackie Vivian
2016–2020 Empire Leah Walker
2017 The Immortal Life of Henrietta Lacks Sadie
2021 The Bite Dr. Hester Boutella
2021 Family Guy Herself
2019–2022 New Amsterdam Mama Reynolds
2023 Extrapolations Isabel Zucker
2023 My Dad the Bounty Hunter Grandma
2024 Fallout Betty Pearson
TBA The Gilded Age Mrs. Ernestine Brown
  1. 1,0 1,1 „Leslie Uggams - Biography“. AllRovi. 2013-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-mart.
  2. 2,0 2,1 „Leslie Uggams“. Internet Broadway Database. 2013-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-mart.
  3. „The Leslie Uggams Show“. The Museum of Broadcast Communications. 2013-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-mart.
  4. „Roots“. The Museum of Broadcast Communications. 2013-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-mart.
  5. 5,0 5,1 „Awards for Leslie Uggams“. Internet Movie Database. 2013-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-mart.
  6. „Schmoozing with Sinatra and The Beatles: The Amazing Life & Career of Leslie Uggams, Deadpool's Secret Weapon“ (2016-yil 18-fevral). 2016-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-iyun.
  7. „Leslie Uggams' Amazing Love Story: How Her 53-Year Interracial Marriage Defied the Odds“ (en). PEOPLE.com. 2021-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
  8. Oyin Balogun. „Inside Leslie Uggams’ 54-Year Interracial Marriage That Defied the Odds“ (en). news.amomama.com (2019-yil 12-avgust). 2021-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.