[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Leo von Klenze

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

KLENSE (Klenze) Leo fon (1784.29.2, Shladen, hozirgi Quyi Saksoniya, Germaniya — 1864.27.1, Myunxen) — nemis meʼmori. Soʻnggi klassitsizm namoyandasi. Germaniya, Fransiya, Italiyada uqigan. Jerom Bonapart (Kasselda, 1808—13) va Bovariya qiroli Lyudvig I (Myunxenda, 1815-yildan) saroylarida meʼmorlik qilgan. K.ning Myunxen (1816-yildan) va Afina (1839—51)dagi shaharsozlik ishlari tantanavorligi, mustahkamligi hamda klassik uslubi bilan ajralib turadi. Oʻzining haybatli va hashamatli qurilishlarida (Myunxendagi Gliptoteka, 1816—30 va Eski pinakoteka, 1826—36; Sankt-Peterburgdagi Yangi ermitaj, 1839—52) kad. yunon meʼmorligidan keng foydalangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil