Lecy Goranson
Lecy Goranson | |
---|---|
Tavalludi |
Alicia Linda Goranson 22-iyun 1974-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 1988-hozirgacha |
Alicia Linda „Lecy“ Goranson (1974-yil 22-iyunda tugʻilgan) – amerikalik aktrisa. U 1988-yilda Roseanne (debyut) va The Conners televizion sitkomida Becky Conner rolini oʻynagan[1]. Alicia Goranson, shuningdek, How to Make an American Quilt (1996), Boys Don't Cry (1999) hamda The Extra Man (2010) filmlarida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Goranson Chicagoda aktrisalik boʻyicha tahsil olgan va, keyinchalik Becky Conner roli orqali mashhurlikka erishgan. U besh mavsum davomida ushbu personajni gavdalantirgan. Beshinchi mavsumda bir nechta epizodlarni ijro etgandan keyin, 1992-yilda serialni tark etgandan soʻng, Vassar kollejiga oʻqishga kirgan[2]. Aktrisaning akademik jadvali unga Becky sifatida yana qayta paydo boʻlish va obrazni tasvirlashni davom ettirish uchun imkon beradi. Yangi ssenariyga koʻra, shou produserlari va yozuvchilari Becky uchun juda kam sahnalar yozishadi. Goransonning chiqishi Beckyning sevgilisi Mark bilan qochib ketish voqeasi bilan oʻz nihoyasiga yetadi.
2017-yilning 28-aprel sanasida Roseanne teleserialining 10-mavsumi uchun doimiy aktyorlarning koʻpchiligi va baʼzi produserlarning serialga qaytishi rejalashtirilganligi eʼlon qilindi[3]. Huddi shu yilning may oyida Goransonning Becky roliga qaytishi tasdiqlandi. Chalke ham paydo boʻlib, boshqa rol oʻynaydi. Roseannening ushbu mavsumi 2018-yil 27-martda ABC telekanalida namoyish etildi[4][5][6]. 2018-yilning 29-may sanasida, Roseanne Barrning Twitter sahifasida Valerie Jarret (sobiq prezident Barack Obamaning maslahatchisi) bilan bogʻliq munozarali soʻzlari ortidan, ABC bir mavsumdan soʻng serialni efirga uzatilishi bekor qilinadi[7][8][9].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Goranson Illinois shtatining Evanston shahrida atrof- muhitni muhofaza qilish agentligida ishlagan Stephen Goranson va Evanston Township oʻrta maktabida ingliz tilidan dars bergan oʻqituvchi Linda Goranson oilasida tugʻilgan[10]. Uning Adam ismli akasi bor[10]. Aktrisaing onasi 2020-yil yanvar oyida vafot etgan[11]. Goranson ilgari turmushga chiqqan, lekin haligacha farzand koʻrmagan.
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmlarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
1995 | How to Make an American Quilt | yosh Hy Dodd | |
1999 | Boys Donʼt Cry | Lisa „Candace“ Lambert | |
2004 | Death 4 Told | Joyce | Segment: „The Psychic“ |
2005 | Love, Ludlow | Myra | |
2007 | The Perfect Dress | Candace | Qisqa metrajli film |
2010 | The Extra Man | Sandra | |
2011 | Monster Slayer | Sue | Qisqa metrajli film |
2013 | The Wood House | Eleanore | |
2018 | Hurricane Bianca 2: From Russia with Hate | Angela Jo |
Televizion rollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
1988—2018 | Roseanne | Becky Conner | 120ta epizod |
2004 | Sex and the City | Amber | Epizod: „An American Girl in Paris, Part Deux“ |
2004 | Law & Order: Special Victims Unit | Rosalin Silvo | Epizod: „Poison“ |
2009 | Fringe | Tatuirovkali qiz | Epizod: „Inner Child“ |
2011 | Naked in a Fishbowl | Blossom Barney | Epizod: „Blossom Barney Crystal Healer“ |
2012 | Damages | Sally | Epizod: „Somethingʻs Wrong With Me“ |
2015 | Co-operation | Bonnie | 2ta epizod |
2016 | Inside Amy Schumer | Amy #3 | Epizod: „Psychopath Test“ |
2018—2022 | The Conners | Becky Conner | 68ta epizod |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Owen, Rob. Gen X TV: The Brady Bunch to Melrose Place. Syracuse University Press, 1-mart 1999-yil — 45–-bet. ISBN 9780815605850. Qaraldi: 29-iyun 2012-yil.
- ↑ Raftery, Liz. „Original Becky from Roseanne Never Watched the Finale“. TV Guide (13-avgust 2013-yil). Qaraldi: 14-avgust 2015-yil.
- ↑ „'Roseanne' revival may be in the works“ (inglizcha). USA Today. Qaraldi: 28-aprel 2017-yil.
- ↑ Otterson. „'Roseanne' Revival Lands at ABC“. Variety (16-may 2017-yil). Qaraldi: 16-may 2017-yil.
- ↑ Stanhope. „'Roseanne' Revival Officially a Go at ABC“. The Hollywood Reporter (16-may 2017-yil). Qaraldi: 16-may 2017-yil.
- ↑ Otterson. „'Roseanne' Revival Lands at ABC“. Variety (16-may 2017-yil). Qaraldi: 16-may 2017-yil.
- ↑ Pallotta, Frank; Stelter, Brian. „ABC cancels 'Roseanne' after star's Twitter comments“. CNN Money (29-may 2018-yil). Qaraldi: 29-may 2018-yil.
- ↑ Park, Andrea. „ABC cancels "Roseanne" after Barr's tweet“. CBS News. CBS Interactive (29-may 2018-yil). Qaraldi: 29-may 2018-yil.
- ↑ Chandelis R. Duster. „ABC cancels "Roseanne" after show's star compared Obama adviser to 'ape'“. NBC News. NBCUniversal Media, LLC (29-may 2018-yil). Qaraldi: 29-may 2018-yil.
- ↑ 10,0 10,1 Galloway. „Success from Roseanne Hasn't Changed the Fabric of Lecy Goranson's Life“ (3-mart 1991-yil). 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-aprel 2016-yil.
- ↑ Bahr, Sarah. „The Conners Return to Confront the Coronavirus“ (inglizcha). The New York Times (20-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 30-oktabr 2020-yil.