[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Leykoksen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Leykoksen (lepko... va yun. xenos — yot, boshqa) — polimineral agregat, ilmenit, kamroq sfen, perovskit va titanning boshqa minerallari oʻzgarishining mahsuli. Soxta rutil (Fe23+ T13O,)ning kristallik fazasida koʻp uchraydi. Tarkibi va xususiyatlari oʻzgaruvchan. Asosiy komponentlari: TiO2 (80-90% ga yaqin) va Fe2O3(6-15%). FeO miqdori 2% dan kam. Rangi och jigarrang , kulrang , sariqdan oqqacha. Zichligi 3600–4300 kg/m3. Magnitsiz va kam magnitli. Kelib chiqishi, asosan, gipergen. Nurash qatlamlari va sochmalarda keng tarqalgan. Baʼzida gidrotermal sharoit va metamorfizmda paydo boʻladi. Sanoat konlari — ekzogen, asosan, qad. (Ukrainadagi Malishev koni va boshqalar). L. titan xom ashyosining muhim turidir. Titanning ekzogen konlaridan foydalanishda oʻzgargan ilmenit va rutil bilan birga qazib olinadi. Koʻpincha, titanli gubka olishda foydalaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil