[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Lev Vahtin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lev Vahtin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lev Viktorovich Vahtin
Tavallud sanasi 19-dekabr 1933-yil (1933-12-19) (90 yosh)
Tavallud joyi Moskva SSSR
Ampluasi Himoyachi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyati yakunlangan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1953—1957 ODO Toshkent
Boshqargan klublari
1963—1965 Neftchi (yordamchi murabbiy)
1966 Neftchi
1969—1971 Neftchi (yordamchi murabbiy)
1974—1977 Neftchi (Jamoa boshligʻi)
1979—1981 Neftchi (Jamoa boshligʻi)
1983 Neftchi (Jamoa boshligʻi)
1985—1991 Neftchi (Jamoa boshligʻi)
1992—1996 Neftchi (Jamoa boshligʻi)
1999 Neftchi (yordamchi murabbiy)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Lev Viktorovich Vahtin (ruscha: Вахтин, Лев Викторович; 19-dekabr, 1933-yil; Moskva[1]) – Lev Vahtin SSSR va Oʻzbekistonning sobiq futbolchisi va murabbiyi. Fargʻonaning „Neftchi“ klubining dastlabki murabbiylaridan biri[2].

Lev Vahtin Moskvada tavallud topgan boʻlsada, 1949-yil oilasi bilan yashash uchun Toshkentga koʻchib kelgan. Futbolchilik faoliyatini 1953-yilda Toshkentning „Sverdlovets“ (oʻsha yillarda jamoa noma „ODO Toshkent“ deb nom olgan) klubida boshlagan[3]. Futbolchilik faoliyati davomida Toshkent jismoniy tarbiya va sport institutida taʼlim olgan[4].

Toshkent jamoasi safida toʻrt mavsumdan ziyod faoliyat yuritib SSSR Birinchi ligasi va SSSR Kubogi oʻyinlarida ishtirok etgan. Vahtin institutni tamomlagach, Yangioboddagi tuman sport qoʻmitasi raisi sifatida mehnat faoliyatini olib borgan. 1961-yilda Moskvadagi jismoniy tarbiya va sport institutida murabbiylik kurslarini yakunlab Fargʻonda faoliyat olib bora boshlagan. Keyinchalik faoliyatini Fargʻona davom ettirib, „Spartak“ klubida oʻynagan.

1962-yilda „Spartak“ jamoasi tugatilib uning oʻrniga Fargʻonada asosiy jamoasi sifatida yangi tashkil etilgan „Neftchi“ (oʻsha yillarda jamoa noma „Neftyanik“ deb nom olgan) klubida yordamchi murabbiy boʻlib ish boshlagan. 1966-yilgacha Fargʻona jamoasida yordamchi murabbiylik qilgan Vahtin, 1996-yilgi mavsumda klub bosh murabbiyi boʻlib ishlagan. Keyinchalik bir necha yil, oraqliq yillar bilan jamoa boshligʻi siftida faoliyat yuritgan[5].

1987-yilda jamoaga Yuriy Sarkisyanning kelishida muhim oʻrin tutgan Vahtin, 1987-yildan 1990-yilgacha SSSR Ikkinchi ligasi – Markaziy Osiyo mintaqasida birnchi oʻrinni olishida muhin oʻrin olgan. 2013-yilgi mavsumda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan Oʻzbekiston futboliga qoʻshgan hissasi uchun esdalik nishon bilan taqdirlangan[1][6].

Jamoa boshligʻi sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]