[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Oy atrofida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oy atrofida
Asl nomi Autour de la Lune
Muallif(lar) Jules Verne
Tarjimon(lar) Louis Mercier & Eleanor E. King (1873); Edward Roth (1874); Thomas H. Linklater (1877); I. O. Evans (1959), Jacqueline va Robert Baldick (1970), Harold Salemson (1970)
Bezovchi(lar) Émile-Antoine Bayard va Alphonse-Marie de Neuville
Mamlakat Fransiya bayrogʻi Fransiya
Til fransuzcha
Janr(lar)i ilmiy fantastika
Nashr etilgan sanasi 1870
Nashriyot Pierre-Jules Hetzel
ISBN ISBN 0-00-000000-0

„Oy atrofida“ (fransuzcha: Autour de la Lune) — fransuz yozuvchisi Jules Vernening ilmiy-fantastik romani. Ilk marta 1869-yilda Journal des débats jurnalida nashr etilgan. „Yerdan Oyga“ (1865) romanida boshlangan Oyga parvoz haqidagi hikoyani davom ettiradi. Katta kosmik zambarakdan otilgan snaryadda Oy atrofini aylanib chiqqan uchta sayohatchining (Barbicane, kapitan Nicoll va Michel Ardan) sarguzashtlari tasvirlangan.

Yaratilish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jules Verne roman uchun maʼlumotni Amedé Giymenning ilmiy-ommaviy asarlaridan olgan deb hisoblanadi.[1]

Roman 1869-yil 4-noyabrdan 8-dekabrgacha Journal des débats jurnalida chop etilgan.[2] Kitob koʻrinishida roman Etsel nashriyotidan 1870-yil 13-yanvarda chop etilgan. 1872-yil 16-sentabrda roman Émile-Antoine Bayard va Alphonse de Neuville suratlari bilan chop etilgan.[3]

Otilgandan soʻng, snaryad uchta yoʻlovchi bilan birga Oyga besh kunlik sayohatni boshlaydi. Ularning parvozidan bir necha daqiqa oʻtgach, kichik yorqin meteor ulardan bir necha yuz yard masofadan oʻtib ketadi, lekin xayriyatki, snaryad bilan toʻqnashmaydi. Meteor Yerning tortishish kuchi tufayli uning ikkinchi Oyiga aylandi. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, ushbu sunʼiy yoʻldoshning tortishish kuchi snaryadni Oy atrofidagi orbitaga yoʻnaltirib oʻz yoʻnalishidan ogʻishiga majbur qiladi. Maqsadga yaqinlashgan sayin, qahramonlar binokl yordamida geografik kuzatishlarni boshlaydilar.

Tez orada snaryad Oyning tungi tomoniga tushadi va sovuqlikka choʻkadi. Keyinchalik janubiy yarimsharda qahramonlar ulugʻvor vulqonlar va vodiylarni kuzatishadi. Sayohatchilar, hozir Oyda hech kim yashamaydi, lekin oldin unda odamlarga oʻxshash mavjudotlar yashagan degan xulosaga keladilar. Keyinchalik snaryad asta-sekin Oydan „oʻlik nuqta“ tomonga uzoqlasha boshlaydi (Oy va Yerning tortishish kuchi teng boʻlgan joy). Snaryad Yerga 160 000 milya masofadan qulay boshlaydi va u zambarakdan uchganda qayd etilgan tezlikka teng boʻlgan tezlikda Yerga urilishi kerak.

Toʻrt kundan soʻng, AQSh HDK ekipaji meteoritning osmondan dengizga qulayotganini koʻradi. Bu meteor oʻsha snaryad boʻlib chiqadi. U qulaganidan keyin yuzaga suzib chiqdi va bir necha kunlik qidiruvlardan soʻng qahramonlar qutqarildi.


  1. Jacques Crovisier. Astronomy and astronomers in Jules Verne's novels // arXiv:0906.1052 [astro-ph, physics:physics]. — 2009-06-05.
  2. Autour de la Lune(frans.) // Journal des Débats. — 1869. — 4 novembre.
  3. „The Complete Jules Verne Bibliography: I. Voyages Extraordinaires“ (deadlink). jv.gilead.org.il. 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-mart. (Wayback Machine saytida 2018-10-25 sanasida arxivlangan)