Ovatsiya
Qiyofa
Ovatsiya (lotincha ovatio) — Qad. Rimda kichik triumf. O.ga fakat magistratlargina sazovor boʻlishgan; gʻolibni toʻla triumf bilan taqdirlash mumkin boʻlmagan chogʻdagina O. oʻtkazilgan. U triumfdan kamroq tantanavorligi bilan farq qilgan: oddiy magistrat kiyimini kiygan sarkardalar, boshlariga lavr emas mirta yaproqlaridan qilingan tojni kiyib Rimga jang aravasida emas piyoda yoki ot mingan holda kirib kelishlari lozim boʻlgan. Qurbonlik chogʻida buqa emas, qoʻy soʻyilgan. "O." soʻzi lotincha ovis — qoʻydan yoki ajablanish tuygʻusi — O! O!dan kelib chiqqan. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |