[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Oranj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oranj
Tavsif
Uzunligi 2 200
Suv sarfi 800 m³/s
Joylashuvi
Davlat Lesoto, Namibiya va JAR
Oranj


Oranj (inglizcha: Orange River; afr.: Oranjerivier; golland shahzodasi Oranskiy nomidan) — Janubiy Afrikadagi daryo. Lesoto, JAR va Namibiya hududlaridan oqib oʻtadi. Uzunligi 1860 km, havzasining maydoni 1020 ming km². Drakon togʻlarining gʻarbiy yon bagʻridan, 1360 m balandlikdan boshlanib, Baland Vend qurgʻoqchil zonasi va Kap platosidan oqib oʻtadi. Bu yerda daralar hosil qilgan. Atlantika okeaniga quyiladi. Kur-gʻoqchil joylardan oʻtgan qismida oʻzani yezda baʼzan qurib qoladi. Yuqori va oʻrta oqimida ostona va sharsharalar bor. Quyi qismi (97 km) tekislikdan oqadi. Yogʻingarchilik mavsumi (noyabr —mart)da daryo toʻlib oqadi. Yillik oʻrtacha suv sarfi 200 m³/sek. Suvi loyqa. Okeanga yiliga 15 km3 suv, 153 mln. t oqiziq keltiradi. Suv sarfi yildan-yilga oʻzgarib turadi. Daryodan sugʻorishda, shaharlarni suv bilan taʼminlashda foydalaniladi. O.da gidroenergetika inshootlari qurilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil