[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Onna-musha

Ushbu maqola xushsifat maqolalar sarasiga kiradi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Naginata tutgan Ishi-jo, rassom: Utagava Kuniyoshi

Onna-musha (yaponcha: 女武者) — hozirgi zamongacha boʻlgan Yaponiyadagi ayol jangchilarga tegishli atama[1][2]. Bu ayollar samuraylar bilan birga janglarda qatnashgan[3][4]. Ular feodal Yaponiyada bushi (jangchi) sinfiga mansub boʻlib, urush paytida uy xoʻjaligi, oilasi va shaʼnini himoya qilish uchun qurol ishlatishga oʻrgatilgan[5][6]. Ular, shuningdek, yapon adabiyotida muhim mavqega ega, Tomoe Gozen va Hangaku Gozen onna-mushalari shular jumlasidandir[3]. Bundan tashqari, Besshikime (yaponcha: 別式女, „ayollarning boshqacha ko'rinishi“?), daimyolar urugʻ rahbarlarining xotinlari va kanizaklar haramlari hamda turar joylarining soqchilari boʻlishgan[1].

Kamakura davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tomoe Gozen

Genpey urushi (1180—1185) — Taira (Heike) va Minamoto (Genji) sulolalari oʻrtasidagi urush boʻlib, bu yaponiyalik urugʻlar Heyan davridagi eng mashhur ikki sulola hisoblanadi. „Heike haqida ertak“ dostoni XIII asr boshlarida jasur va fidoyi samuraylarning hikoyalarini xotirlash maqsadida yaratilgan[7]. Ular orasida Minamoto sulolasidan boʻlgan Minamoto no Yoshinakaning xizmatkori Tomoe Gozen ham bor edi. U Yoshinakaga amakivachchasi Minamoto no Yoritomoning qoʻshinidan himoya qilishda yordam berdi, ayniqsa 1184-yilda Avazu jangi paytidagi uning xizmatlari beqiyosdir[8].

"Heike haqidagi ertak"da Tomoe Gozen shunday tasvirlangan:[9]

... ayniqsa chiroyli, oqbadan, uzun sochlari va maftunkorligi oʻziga xos edi. Tomoe Gozen, shuningdek, kuchli kamonchi va qilichboz sifatida yetuk jangchi hisoblanardi, u xoh shayton, xoh xudoga qarshi urushga otlansa-da, ham otliq, ham piyoda holda jang qilishdan qaytmas edi. Tomoe Gozen asov otlarni ham mahorat bilan boshqarardi. Har safar jang vaqti yaqinlashganida, Yoshinaka uni kuchli zirh, katta qilich va kuchli kamon bilan taʼminlar va sardor sifatida jangga yuborar edi. Tomoe Gozen har jangda boshqa jangchilardan koʻra koʻproq jasorat ko'rsatardi.

Tomoe Gozen har doim ham tarixiy shaxs sifatida qayd qilinmagan[10]. Biroq, u koʻplab jangchilar sinfiga, shu jumladan anʼanaviy Naginata maktablariga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Uning jangdagi harakatlari Noh Tomoe pyesasi va turli xil ukiyo-e kabi sanʼat uslublarida katta eʼtiborga sazovor boʻldi[11][1].

Hangaku Gozen

Genpei urushining yana bir mashhur ayol generali Hangaku Gozen edi. Tomoe Gozen Minamoto urugʻining ittifoqchisi boʻlsa, Hangaku Gozen Taira urugʻi bilan ittifoq tuzgan. Bu ikki taniqli ayol generalning yetishib chiqishi bu davrda ayollarning maqomi keyingi davrlarga nisbatan yuqoriroq boʻlganini tasdiqlaydi[12][13].

Oʻtgan asrlarda, ayollarning imperator taxtiga oʻtirishi odatiy hol hisoblanar edi, ammo bu kelajakda Meydzi hukmronligi paytida oʻzgaradi. Yaponiya tarixida ayollar, odatda, de-yure samuray qabilasining boshliqlariga aylanmasalar-da, bir necha hollarda de-fakto oʻz urugʻlarini boshqarganlar[14].

Kansler Toin Kinkata (1291—1360) oʻzining Entairyaku (園太暦) jurnalida, asosan otliq qoʻshinlar haqida eslatib oʻtadi, ammo qoʻshimcha izohlar berilmaydi. Cheklangan tafsilotlar bilan u shunday xulosaga keladi: „Ayol otliqlar juda koʻp boʻlgan“. Uning taʼkidlashicha, ayol jangchilar Yaponiyaning gʻarbiy qismidan kelgan, ehtimol, katta poytaxt shaharlardan uzoqda joylashgan gʻarbiy viloyat ayollari janglarda koʻproq qatnashgan boʻlishlari ham mumkin. Sengoku davrida (taxminan 1467 — 1600-yillar) otliq qoʻshinlarni tashkil etgan ayollar haqida ham maʼlumotlar koʻrsatib oʻtilgan[14][15].

Sengoku davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ashikaga syogunligi davridagi keskinlik tufayli Yaponiyada yana urush boshlandi[16]. 1460-yilda syogun Ashikaga Yoshimasa ukasi Ashikaga Yoshimiga foydasiga oʻz lavozimidan voz kechganida, Hino Tomiko (Yoshimasaning rafiqasi) bu qarorga keskin qarshilik qildi. Hino Tomiko Yamana Sozen va boshqa kuchli samuray sulolalarining rahbarlarini qoʻllab-quvvatlab, oʻgʻli tugʻilguniga qadar noib sifatida hukmronlik qilish uchun siyosiy va harbiy yordam soʻradi. Keyinchalik, Yoshimasa va uning tarafdorlariga, ayniqsa Hosokava urugʻiga qarshi urush boshladi. Vorislik uchun kechgan bu janglar Onin urushiga (1467—1477) sabab boʻldi va Sengoku davrining boshlanishiga olib keldi[17].

Komatsuxime Ueda qamalida jang qilgan va Numata qal’asining kirish qismida Sanada Masayuki bilan kurashgan deb ishonilgan.

Azuchi-Momoyama davrida, bir necha ishlarni Daimyo oʻz zimmasiga olgan. Hudud uchun boʻlgan kurashlarda Ikko-ikki, Ikko-shu, Saika Ikki va boshqa Ikki mazhabga mansub zodagon urugʻlarning ayollari va hatto dehqon ayollari ham jang maydonlariga borishgan. 1569-yilda gʻarbiy Yaponiyadan boʻlgan Mori oilasi askarlari jangda qatnashmagani sababli, uning rafiqasi Ichikava no Tsubone qurolli ayollar guruhi bilan Konomine qal’asini himoya qilish uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi. Daimyoning oʻziga xos qal’asi boʻlgan Yamashiroga (山城) qilingan hujumlar ayollarga mudofaa bilan shugʻullanishlari va agar qal’a magʻlubiyatga uchrasa, qurbonlik qilishlari uchun koʻplab imkoniyatlarni taqdim etdi[18][19].

Yaponiya Toyotomi Hideyoshi tomonidan birlashtirilgunga qadar ayollar janglarda ishtirok etganlar. 1591-yilda bir necha ayollar Kunohe qoʻzgʻolonida yonayotgan Kunohe qal’asini himoya qildilar. Hideyoshining oʻlimidan soʻng, uning kanizaki Yodo-dono Toyotomi urugʻining de-fakto rahbarligini oʻz zimmasiga oldi va 1614-yilda u va oʻgʻli Hideyori Tokugava syogunatiga qarshi kurashdilar. 1615-yilda Tokugva Ieyasu yana Osaka qal’asiga hujum qilganda, Yodo-dono va oʻgʻli Osaka qal’asi alangasi ichiga kirib, oʻz jonlariga qasd qilishdi. Yonayotgan qal’a ichida oʻz joniga qasd qilish samuray sinfidagi ayol uchun sodiqlikning soʻnggi harakati hisoblanar edi[20].

Ayollarning janglarda ishtirok etishiga dalillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sengoku davrida ayollarning jang maydonida faol kurashganligi haqida bir nechta maʼlumotlar mavjud. Masalan, Oshi qamalida (1590) Toyotomi urugʻiga qarshi kurashgan 3000 Shimazu askarlarini Myorin, Kaihime, Nikaido sulolalarining vakillik rahbariga aylangan va jiyani Date Masamunega qarshi turli janglarda qatnashgan Onamihime hamda 76 yoshigacha jang qilib mashhurlikka erishgan, „Nizoli davlatlardagi eng kuchli ayol“ nomini olgan Akai Teruko ilhomlantirgan[20]. Ohori Tsuruhime jangdagi muvaffaqiyatlari sababli „Yaponiyalik Jeanne d’Ark“ deb atala boshlandi va bu uni Yaponiya tarixidagi eng taniqli ayol jangchilardan biri ekanligini tasdiqlaydi[21].

Yapon ayollari faqat xotin va ona boʻlish uchun oʻqitilgan[1]. Garchi koʻpchilik ayollar siyosat, jang sanʼati va diplomatiya haqida bilishsa-da, ularga sulola rahbariyatida muvaffaqiyat qozonishga imkoniyat berilmagan. Biroq, ayrim istisnolar mavjud edi. Jumladan, Ii Naotora oʻz oilasining barcha erkaklari vafot etganidan keyin sulola rahbariyatini oʻz qoʻliga oldi; u yetakchi sifatidagi saʼy-harakatlari sababli daimyoga[2] aylandi. Oʻsha davrda oʻz urugʻlar orasida katta siyosiy mavqega ega boʻlgan koʻplab zodagon ayollar ham boʻlib, hatto ular de-fakto yetakchisi boʻlishgan. Onna Daimyo (ayol lordlar) sifatida tanilgan ayollarning eng mashhur vakillari — Jukei-ni va Toshoindir. Bu ikki ayol ham merosxoʻr hisoblanmagan boʻlsalar-da, uzoq vaqt davomida oʻz hududlarida hukmdor sifatida faoliyat olib borishgan[3].

XVI asrda faqat ayollardan iborat jangovar boʻlinmalar mavjud boʻlib, shulardan biri Shizugatake va Komaki-Nagakute janglarida 200 nafar jangchi ayolni (Teppo birligi) boshqargan Ikeda Sen ayollar boʻlinmalari hisoblanadi[22]. Otazu no kata 18 ta qurolli xizmatkori bilan birga Tokugava Ieyasu qoʻshinlariga qarshi jang qilgan[23]. Ueno Tsuruhime oʻttiz toʻrt ayolni Mori armiyasiga qarshi kurashda boshqargan[24]. Tachibana urugʻining rahbari Tachibana Ginchiyo ayol jangchilari bilan Kyushu yurishida (1586) ishtirok etgan va Yanagava qamalida (1600) Sharqiy armiyaning oldinga siljishiga oʻz jamoasi bilan birgalikda qarshilik koʻrsatgan[25].

1580-yilda Bessho urugʻidan boʻlgan yana bir onna-musha Miki qamalida Toyotomi Hideyoshiga qarshi qoʻzgʻolonga qoʻshildi. Uning turmush oʻrtogʻi Bessho Yoshichika qoʻzgʻolon rahbarlaridan biri boʻlgan va qamal paytida u asosiy rolni oʻynagan, Bessho Yoshichika Mori urugʻi bilan ittifoq qilgan. Qoʻzgʻolon uch yil, Bessho Nagaharu qal’ani Toyotomi Hideyoshiga topshirguncha davom etdi. Bessho xonim koʻp oʻtmay oʻz joniga qasd qildi. 1582-yilda Oda Nobunaga Tenmokuzan jangi deb nomlanuvchi bir qator janglarda Takeda urugʻiga qarshi soʻnggi hujumni boshladi. Oda Nobutada (Oda Nobunaganing oʻgʻli) Takato qal’asini qamal qilish paytida, 3000 nafar Takeda ittifoqchilariga qarshi kurashda 50 000 askarlik qoʻshinga rahbarlik qilgan. Ushbu jang paytida Oda urugʻiga qarashli Shincho yilnomalarida, Suva urugʻidan boʻlgan onna-musha Nobutadaning kuchlariga qarshi chiqqani qayd etilgan[12].

Yoshitsunening Horikavadagi qarorgohiga tungi hujumda ayollar va erkaklar, XVI asr (Yaponiya)

Bu davrda ayol ninza (kunoichi) mavjudligi qayd etilgan. Ularning mashgʻulotlari erkak ninzanikidan farq qilardi, ular taijutsu, kenjutsu, ninjutsu boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazganlari uchun ham erkak ninzalar bilan ayrim umumiy jihatlarga ega edilar[26].

Tarixiy yozuvlarda qayd etilganidan koʻra koʻproq ayollar janglarda qatnashgan deb ishoniladi[27]. Misol uchun, 1580-yilda Takeda Katsuyori va Hojo Ujinao oʻrtasidagi Senbon Matsubaru jangi vaqtida dafn etilgan 150 ta jasad DNK tekshiruvidan oʻtkazilganda, ularning 35 nafari ayol ekanligini aniqlandi[28]. Boshqa qazishmalar qal’alardan uzoqda, janglar boʻlgan joylarda olib borildi. Yapon arxeologi Suzuki Hiroatsuning tushuntirishicha, qasr qamal qilingan hududlarda ayollar yoki bolalarning suyaklarini topilishi odatiy hol boʻlsa-da, ular odatda mudofaa ishlarida ishtirok etgan boʻlishlari mumkin, hamda, Senbon Matsubaru mazkur hududida qal’aning yoʻqligi Suzuki Hiroatsuni „bu ayollar ushbu hududga jang qilish uchun kelgan va ular armiyaning bir qismi boʻlishgan“ degan xulosaga kelishiga sabab boʻldi. Ushbu tadqiqotlarga koʻra, qal’a hududidan uzoqroq masofada topilgan jangovar jasadlarning 30 % ayollarniki edi. Yaponiyadagi boshqa jangovar maydonlarda olib borilgan qazishmalar ham xuddi shunday natija koʻrsatdi. Stephen Turnbullning soʻzlariga koʻra, qazish ishlarining tafsilotlari onna-mushalar jang maydonida albatta boʻlganini tasdiqlaydi[20][29].

Edo davri va undan keyingi holat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Edo davrida neo-konfutsiychilik (1600—1868) taʼsiri tufayli onna-mushaning maqomi sezilarli darajada pasaydi[1]. Onna-mushaning vazifasi erlarining lavozimiga qarab oʻzgargan. Samuraylar endi janglar va urushlarda ishtirok etmay qoʻydi, balki byurokratga aylandi. Ayollar, xususan, koʻpchilik yuqori sinf xonadonlarining qizlari, tez orada muvaffaqiyatga erishish va kuchli jangchi onna-musha boʻlish singari orzularidan voz kechdilar. Mardlik, sadoqat va fidoyilik bilan gʻururlangan qahramonlar asta-sekin sokin, passiv, fuqarolik itoatkorligini asosiy xususiyat qilib oldi[30].

Edo davrida ayollar sayohati koʻplab cheklovlar sabali ayniqsa ayol samuraylarga nisbatan qoʻyiladigan qattiq talablar tufayli noroziliklarga sabab boʻldi. Ularga har doim erkak hamroh boʻlishi kerak edi, chunki ular yolgʻiz sayohat qilishlari mumkin boʻlmagan. Bundan tashqari, ular oʻz tadbirkorlik faoliyatlarini yoʻlga qoʻyish uchun maxsus ruxsatnomaga ega boʻlishlari ham talab etilgan. Samuray ayollar, shuningdek, tekshiruv punktlarini boshqargan amaldorlar tomonidan koʻp tazyiqlarga uchraganlar[30][31].

Kenjutsu amaliyotchisi (Qilichboz) duelda

XVII asrning boshlanishida Yaponiyada ayollarning ijtimoiy sohalarga qabul qilinishida sezilarli oʻzgarishlar yuz berdi. Koʻpgina samuraylar ayollarga faqat bola tugʻuvchi sifatida qaragan, ayolning urushda munosib hamroh boʻlishi tushunchasi esa aqlga sigʻmas holat hisoblangan[1][32].

Garchi ayollar faqat naginata bilan ishlash texnikasini oʻrgangan boʻlsalar ham, baʼzi ayollar anʼanadan chetlashgan holda kenjutsu kabi turli xil qurollarning ishlash texnikalarni oʻrganishdi. Sasaki Rui, Chiba Sanako va Nakazava Koto Edo davrida taniqli qilichboz boʻlgan ayollarga misol boʻla oladi. Bu vaqt ichida ayollar boshchiligidagi kenjutsu[2] maktablari odatiy holga aylanib qoldi, anʼanaviy ravishda bu maktablarning rahbariligi ota-onadan meros boʻlib oʻtdi[33].

1868-yilda Boshin urushidagi Aizu jangi vaqtida, Aizu urugʻining aʼzosi boʻlgan Ogaki hududidagi Yaponiya imperatorlik armiyasining 20 000 askariga qarshi kurashgan, Nakano Takeko Joshitai ayollar jamoasiga[34] (娘子隊; Qizlar armiyasi) rahbar etib tayinlandi. Naginata bilan jang qilishda yuqori malakaga ega Nakano Takeko va uning 20 kishilik jamoasiga jang vaqtida 3000 ga yaqin Aizu samuraylariga qoʻshildi. Fukusima provinsiyasining Aizubange shahridagi Hokai-ji sharafiga oʻrnatilgan yodgorlik mavjud. Aizu jangi paytida Aizuvakamatsu qal’asini himoya qilgan Yamamoto Yaeko, Matsudaira Teru va Yamakava Futabaning saʼy-harakatlari u qadar yuqori baholanmagan.Yaeko keyinchalik Yaponiyada ayollar huquqlari boʻyicha birinchi fuqarolik rahbarlaridan biriga aylandi[35].

Sasshuda (Satsuma) Kagosimani boʻysundirish paytida imperator armiyasiga qarshi kurashayotgan ayollar, rassom:Yoshitoshi, 1877-yil

Edo davrining oxirida boshlangan katta siyosiy tartibsizliklar Meydzi davrida (1868—1912) ham davom etgan. 1877-yilda yangi Meydzi hukumati siyosatiga qarshi qoʻzgʻolonni Satsuma hududidagi samuraylar boshqargan. Samuraylar sinfi mavjud boʻlgandan buyon oʻtgan 1000 yillik davr davomida, ayollar harbiy qamal paytida oʻzlarining eng oxirgi qarshiliklarini koʻrsatishgan. Janglarda qatnashgan samuray sinfidagi ayollarning soʻnggi yozuvlari Satsuma qoʻzgʻoloni paytidan qolgan. Mazkur yozuvlarda Kagosima shahrini himoya qilish uchun bir necha ayollar jang qilgani aytiladi. Qoʻzgʻolon samuraylar sinfi tugashiga ham sabab boʻldi, chunki ijtimoiy tabaqasidan qatʼi nazar tanlab olingan askarlardan tuzilgan yangi Yaponiya armiyasi jangda muvaffaqiyat qozondi va ayni shu davrda onna-musha tarixi yakuniga yetdi[36].

Nakano Takeko naginatani ushlab turibdi

Onna-mushaning eng mashhur quroli bu naginata boʻlib, u koʻp qirrali, uchida egri pichogʻi boʻlgan, anʼanaviy nayza turi hisoblanadi[37][38]. Qurol asosan uzunligi sababli afzal koʻriladi, bu erkak raqiblarning kuchi va tana hajmiga nisbatan ustunlikka ega boʻlish imkonini beradi[1][39].

Naginata katana va yari singari mashxur yapon qilichlari orasida oʻz oʻrniga ega boʻlib, u bilan yaqin masofada jang qilganda ancha samarali natija koʻrsatgan va otliqlarga qarshi kurashda ham yaxshi natija bergan[40]. Koʻplab afsonaviy samuray ayollar tomonidan qoʻllanishi tufayli naginata jangchi ayolning ramziy quroliga aylangan. Edo davrida naginatadan foydalanishni oʻrgatadigan koʻplab maktablar ochilgan va ularda ayol samuraylar jang uslublari oʻrgatilgan[33].

Bundan tashqari, koʻpincha onna-musha sifatida ayollarning asosiy maqsadi oʻz uylarini talonchilardan himoya qilish boʻlgani sababli, mudofaa tuzilmalaridan uzoq masofaga oʻq uzadigan qurollarga ham eʼtibor qaratganlar[1][39].

Aizu kuz festivalida ayollar armiyasini xotirlab jang mashgʻulotlarini namoyish etayotgan qizlar jamoasi (2006-yil)

Samuray ayollarining koʻrinishi jang sanʼatlarida, tarixiy romanlarda, kitoblarda tasvirlangan va umuman olganda ommaviy madaniyatga taʼsir koʻrsatishda davom etmoqda[41]. Kunoichi (ayol ninja) va geyiha singari, onna-mushaning xatti-harakati filmlar, animatsiyalar va teleseriallardagi yapon ayollarining ideali sifatida koʻriladi. Gʻarbda onna-musha Smitson kanalida Samurai Warrior Queens tarixiy hujjatli filmi namoyish etilgandan soʻng mashhurlikka erishdi[42][43]. Yana bir qancha kanallar hujjatli filmni takror namoyish etdi[44]. 52-NHK taiga dramasi: Yae no Sakura — Boshin urushida qatnashgan jangchi ayol Niijima Yae haqida yaratilgan. Bu drama Nakano Takeko, Matsudaira Teru va boshqa onna-mushalarni tasvirlaydi[45]. Mashhur onna-musha Tomoe Gozenni tasvirlaydigan yana bir taiga dramasi — 2005-yilda efirga uzatilgan Yoshitsune filmidir[46].

Yaponiyada Tomoe Gozen va Nakano Takekoning texnikasi naginatada jang qiluvchi maktablarda haligacha oʻrgatib kelinadi. Bu jang sanʼati maktablari odatda onna-mushalarga nisbatan cheksiz hurmat koʻrsatadi[1]. Har yili oʻtkaziladigan Aizu kuz festivalida hakama va shiro bosh bogʻichlarini bogʻlagan bir guruh yosh qizlar Nakano va Joshitai (Qizlar armiyasi) harakatlarini xotirlash marosimida qatnashadilar[47]. Boshqa muhim misollar esa, yapon ayollari huquqlari uchun kurashning timsoliga aylangan Yamakava Futaba va Niijima Yaelar hisoblanadi. Baʼzi onna-mushalar shahar yoki prefekturaning ramziga aylandi. Ii Naotora va Tachibana Ginchiyo sahnaviy koʻrinishlari koʻpincha Hamamatsu va Yanagava festivallarida nishonlanadi. Jangchi rohiba Myorin sharafiga oʻtkaziladigan bayram Oita shahrining Tsurusaki mintaqasida nishonlanadi. Ohori Tsuruhime esa Omishima orolidagi mahalliy folklor va festivallarning bosh qahramoni hisoblanadi. Yana bir qancha samuray toifasidagi ayollar pop madaniyat, tijorat va folklorda asosiy qahramon sifatida xotirlanadi[47].

Mashhur onna-mushalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yuki no Kata Sekigahara yurishi paytida Tsu qal’asini himoya qilmoqda

Quyida tarixda yaxshi yutuqlarga erishgan mashhur onna-mushalar haqida qisqacha maʼlumotlar keltirilgan[3]:

  • Imperator Jingū: Yaponiya tarixidagi koʻplab taʼsirli voqealarda ishtirok etgan va Yaponiyaning Koreyaga birinchi bosqinini boshqargan imperator noibi[48].
  • Hojo Masako: Kamakura sulolasi siyosiy rahbari, Genpei urushida va Kamakura davrining boshqa koʻplab voqealarida ishtirok etgan taniqli shaxs. U ama-shogun yoki nun-shogun nomi bilan tanilgan[49].
  • Nakano Takeko: Joshitai (Qizlar armiyasi) rahbari, Boshin urushida qatnashib, imperator qoʻshiniga qarshi ayblovda bir necha ayollar guruhini boshqargan. Meydzi davridagi islohotlar tufayli Takeko va Joshitai ayollar jamoasi tarixdagi soʻnggi samuray jamoalaridan boʻlgan[35].
  • Niijima Yae: tarixdagi soʻnggi samuraylardan biri edi. U Boshin urushida qatnashgan hamda rus-yapon urushida va Xitoy-yapon urushida hamshira boʻlib xizmat qilgan. Keyinchalik u olima boʻlib, ayollar huquqlari uchun kurashning timsollaridan biriga aylandi.
  • Tomoe Gozen: Yaponiyada birinchi sulola hukmdorligining oʻrnatilishiga olib kelgan mojarolarda qatnashgan favqulodda salohiyatli ayol jangchi. Uning merosi samuraylarning bir necha avlodlariga dastur sifatida qoʻllangan[8].
  • Yodo-dono: Yodo qal’asining hukmdori boʻlgan va keyinchalik Osaka qal’asining haqiqiy rahbari sifatida tayinlangan zodagon ayol. U eri Hideyoshi vafotidan keyin koʻplab siyosiy tadbirlarni boshqargan. Hideyorining (Hideyoshining oʻgʻli) qoʻriqchisi sifatida u Tokugava urugʻiga qarshi chiqqan va shu tariqa Osaka qamalini va keyingi 250 yillik urush davrini tugatgan, Sengoku davrining soʻnggi jangini boshqargan.
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 DeMarco, Michael „The Role of Arms Bearing Women in Japanese History“, . Women and Asian Martial Traditions (en). Via Media Publishing, 2016-07-01 — 7–45-bet. ISBN 978-1-893765-28-3. 
  2. 2,0 2,1 2,2 英和字典 (An English and Japanese Dictionary). 知新館, 1872 — 22-bet. „amazon, n. -- 女武者“ 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Turnbull, Stephen „Chapter: Introduction“, . Samurai Women 1184–1877 (en). Bloomsbury Publishing, 2012-01-20 — 4–6-bet. ISBN 978-1-84603-952-2. 
  4. Perez, Louis G.. The History of Japan (en). Greenwood Publishing Group, 1998 — 35-bet. ISBN 978-0-313-30296-1. 
  5. Joyce, Thomas Athol „Japan by Clive Holland“, . Women of All Nations: A Record of Their Characteristics, Habits, Manners, Customs, and Influence (en). Funk & Wagnalls Company, 1915 — 508-bet. 
  6. Jersey, M.E. „The Transformation of Japan“, . The Nineteenth Century: A Monthly Review (en). Nineteenth Century and After, Limited, 1893 — 379-bet. 
  7. McCullough, Helen Craig. Heike Monogatari (en). Stanford University Press, 1988 — 6-bet. ISBN 978-0-8047-1803-5. 
  8. 8,0 8,1 Turnbull, Stephen. Samurai Women 1184–1877 (en). Bloomsbury Publishing, 2012-01-20 — 36–37-bet. ISBN 978-1-84603-952-2. 
  9. McCullough, Helen Craig. Heike Monogatari (en). Stanford University Press, 1988 — 291-bet. ISBN 978-0-8047-1803-5. 
  10. Toler, Pamela D.. Women Warriors: An Unexpected History (en). Beacon Press, 2019-02-26 — 181-bet. ISBN 978-0-8070-6432-0. 
  11. Wade, Mara R. „The Woman Warrior Tomoe in Medieval and Early Modern Japanese No Plays“, . Gender Matters: Discourses of Violence in Early Modern Literature and the Arts (en). Rodopi, 2013-12-05 — 44-bet. ISBN 978-94-012-1023-2. 
  12. 12,0 12,1 Turnbull, Stephen. Samurai Women 1184–1877 (en). Bloomsbury Publishing, 2012-01-20 — 12-bet. ISBN 978-1-84603-952-2. 
  13. Beard, Mary Ritter. The Force of Women in Japanese History (en). Public Affairs Press, 1953 — 72–73-bet. ISBN 978-0-8183-0167-4. 
  14. 14,0 14,1 村田正志. 園太暦 4、305頁., 2000. ISBN 9784797104240. Qaraldi: 2018-yil 25-iyul. 
  15. Garcia, Raul Sanchez. The Historical Sociology of Japanese Martial Arts (en). Routledge, 2018-10-03 — 44-bet. ISBN 978-1-351-33379-5. 
  16. Turnbull, Stephen. Samurai Women 1184–1877 (en). Bloomsbury Publishing, 2012-01-20 — 15-bet. ISBN 978-1-84603-952-2. 
  17. „Hino Tomiko“. Daijirin. 2009-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  18. Turnbull, Stephen. Samurai Women 1184–1877 (en). Bloomsbury Publishing, 2012-01-20 — 15–18-bet. ISBN 978-1-84603-952-2. 
  19. Turnbull, Stephen. The Samurai Swordsman: Master of War (en). Frontline Books, 2008-02-20 — 151-bet. ISBN 978-1-84415-712-9. 
  20. 20,0 20,1 20,2 Turnbull, Stephen. Samurai Women 1184–1877 (en). Bloomsbury Publishing, 2012-01-20. ISBN 9781780963334. 
  21. Turnbull, Stephen. Samurai Women 1184–1877 (en). Bloomsbury Publishing, 2012-01-20 — 38–40-bet. ISBN 978-1-84603-952-2. 
  22. 荒木祐臣. 備前藩幕末維新史談 (ja). 日本文敎出版, 1978. 
  23. „武家事紀. 上巻 - 国立国会図書館デジタルコレクション“. dl.ndl.go.jp. Qaraldi: 2019-yil 27-may.
  24. Toler, Pamela D.. Women Warriors: An Unexpected History (en). Beacon Press, 2019-02-26 — 182-bet. ISBN 9780807064320. 
  25. „高橋・立花家の女性“. ww2.tiki.ne.jp.
  26. Thomas A. Green, Martial Arts of the World (2001), p. 671.
  27. Boyett, Colleen. Daily Life of Women: An Encyclopedia from Ancient Times to the Present [3 volumes] (en). ABC-CLIO, 2020-12-07 — 413-bet. ISBN 978-1-4408-4693-9. 
  28. Turnbull, Stephen. Samurai Women 1184–1877 (en). Bloomsbury Publishing, 2012-01-20 — 6-bet. ISBN 978-1-84603-952-2. 
  29. 横山茂彦. 合戦場の女たち (ja). 世界書院, 2010-01-29. ISBN 978-4-7927-2105-3. 
  30. 30,0 30,1 „Japan: Memoirs of a Secret Empire. Samurai Woman | PBS“. www.pbs.org. Qaraldi: 2021-yil 30-noyabr.
  31. Vaporis, Constantine Nomikos. Breaking Barriers: Travel and the State in Early Modern Japan (en). Harvard Univ Asia Center, 1994 — 164-bet. ISBN 978-0-674-08107-9. 
  32. Amdur. „Women Warriors of Japan: The Role of the Arms-Bearing Women in Japanese History -- Section: The Edo Period: An Enforced Peace“. koryu.com. Qaraldi: 2021-yil 30-noyabr.
  33. 33,0 33,1 Muromoto, Wayne „The Naginata: From Weapon of War to Tool for Peace“, . Black Belt (en). Active Interest Media, Inc., December 1984 — 75-bet. 
  34. Wright, Diana E. (2001). „Female Combatants and Japan's Meiji Restoration: the case of Aizu“. War in History. 8-jild, № 4. 396–417-bet. ISSN 0968-3445. JSTOR 26013907.
  35. 35,0 35,1 Turnbull, Stephen. Samurai Women 1184–1877 (en). Bloomsbury Publishing, 2012-01-20 — 52–58-bet. ISBN 978-1-84603-952-2. 
  36. Turnbull, Stephen. Samurai Women 1184–1877 (en). Bloomsbury Publishing, 2012-01-20 — 60-bet. ISBN 978-1-84603-952-2. 
  37. Turnbull, Stephen. Samurai Women 1184–1877 (en). Bloomsbury Publishing, 2012-01-20 — 20–22-bet. ISBN 978-1-84603-952-2. 
  38. Hosey, Timothy „Masters of Broom and Sword“, . Black Belt (en). Active Interest Media, Inc., December 1980 — 47-bet. 
  39. 39,0 39,1 Amdur. „Women Warriors of Japan: The Role of the Arms-Bearing Women in Japanese History -- Section: Early History“. koryu.com. Qaraldi: 2021-yil 30-noyabr.
  40. Green, Thomas A.. Martial Arts of the World: An Encyclopedia of History and Innovation (en). ABC-CLIO, 2010 — 159-bet. ISBN 978-1-59884-243-2. 
  41. Atkins, E. Taylor. A History of Popular Culture in Japan: From the Seventeenth Century to the Present (en). Bloomsbury Publishing, 2017-10-19 — 80-bet. ISBN 978-1-4742-5855-5. 
  42. Magazine. „Our Top Ten Videos of 2015“ (en). Smithsonian Magazine. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
  43. „Women Were Some of the Fiercest Samurai Warriors Ever“ (en). Smithsonian Institution. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
  44. „TV Guide Revision“ (en-US). The Hawaii Herald - Hawaii's Japanese American Journal (13-fevral 2017-yil). Qaraldi: 2021-yil 30-noyabr.
  45. Corkill. „NHK spotlights gunslinging daughter of the north in yearlong Sunday drama“ (en-US). The Japan Times (2013-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 30-noyabr.
  46. „歴代の受賞者・受賞作品“. Nikkan Sports. Qaraldi: 2011-yil 24-yanvar.
  47. 47,0 47,1 Ph.D, Constantine Nomikos Vaporis. Samurai: An Encyclopedia of Japan's Cultured Warriors (en). ABC-CLIO, 2019-03-14 — 366-bet. ISBN 978-1-4408-4271-9. 
  48. Turnbull, Stephen. Samurai Women 1184–1877 (en). Bloomsbury Publishing, 2012-01-20 — 7–8-bet. ISBN 978-1-78096-333-4. 
  49. Turnbull, Stephen. Samurai Women 1184–1877 (en). Bloomsbury Publishing, 2012-01-20 — 11-bet. ISBN 978-1-84603-952-2. 
  • Beasley, WG (1999). Yaponiya tajribasi: Yaponiyaning qisqacha tarixi. Kaliforniya universiteti matbuoti.
  • Jansen, Marius B. (2000) Zamonaviy Yaponiyaning yaratilishi. Garvard universitetining Belknap nashriyoti 2000-yil
  • Yamakava Kikue; trans Nakai, Kate Wildman (2001) Mito domenidagi ayollar: Samuraylar oilaviy hayotining esdaliklari. Stenford universiteti matbuoti, 2001