[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Jurjoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jurjoniy, Abulhasan Ali ibn Muhammad Sayyid Sharif [1339, Astrobod yaqinidagi Togu (Toju) qishlogʻi1413, Sheroz] — Amir Temur davrida yashab ijod etgan yirik mutakallim, faylasuf, shoir va munajjim. Sherozdagi "Dor ush-shifo" madrasasida 10 yil mudarrislik qilgan, Oltin Oʻrdada uzoq muddat yashab, Jonibek davri (13411357)da yirik alloma sifatida shuxrat qozongan, mazkur xonga atab arab tili grammatikasiga doir "Mutavval" asarini yozgan. Amir Temur Sherozni zabt etgach, uni Sama-rqandga olib kelgan (1387). J. Samarqandda butun Movarounnahr olimlari rahbari darajasiga koʻtarilgan. U bu yerda mudarrislik qilish bilan birga arab va fors tillarida ilmi kalom, falsafa, mantiq, nahvga doir koʻplab risolalar ("Al-Usul ul-mantiqiyya", "Tarjumon ul-Qurʼon", "Fann ul-muammo va usuli va tasorifi baforsiy" — "Muammo fani va uning fors tilidagi usuli va turlanishi" va b.) bitdi, usuli fiqh, falsafaga oid eng muhim asarlar (mas, Sakkokiy, Zamaxshariy, Qutbuddin Roziy, Taftazoniy va b. risolalari)ga sharhlar yozdi. J. sheʼriyat muxlisi boʻlib, oʻzi ham goʻzal gʻazallar bitgan. U Amir Temur vafotidan keyin Sherozga qaytib ketib, oʻsha yerda vafot etgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil