[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Jinoyatda ishtirokchilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jinoyatda ishtirokchilik - ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi. J. i.ning bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi kabi turlari bor. Jinoyatni bevosita sodir etgan shaxc — bajaruvchi, jinoyatga tayyorgarlik koʻrilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxc — tashkilotchi, jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxc — dalolatchi, jinoyat sodir etilishiga koʻmaklashgan, shuningdek, jinoyatchini jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek, bunday narsalarni olish va oʻtkazish toʻgʻrisida oldindan vaʼda bergan shaxc — yordamchi hisoblanadi. J. i. oddiy ishtirokchilik, murakkab ishtirokchilik, uyushgan guruh, jinoiy uyushma shaklida boʻladi, 2 yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir etishda qatnashishi — oddiy ishtirokchilik, oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok etishi — murakkab ishtirokchilik deb topiladi. Ishtirokchilik nafaqat tugallangan jinoyatda, balki shu bilan birga jinoyatga tayyorgarlikda va jinoyat qilishga qasd etishda ham namoyon boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi JKda jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik doirasi, J. i.ning shakllari uchun qoʻllaniladigan jazo belgilab berilgan.Uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tashkil etgan yoki ularga rahbarlik qilgan shaxslar shu guruh yoki uyushma sodir etgan barcha jinoyatlar uchun, basharti, bu jinoyatlar ularning jinoiy niyati bilan qamrab olingan bo‘lsa, javobgarlikka tortiladilar.